Ey husn ganji, bu zaif ko’nglumni vayron aylama... Sakkokiy Ey husn ganji, bu zaif ko’nglumni vayron aylama, Yuz uza zulfung tog’itib, umrum parishon aylama. Har nokasu kas yuzuna xush toza gul yanglig’ kulub, Bag’rimni har dam g’unchatek hasrat bila qon aylama. Nortek yangoqing shu’lasin sen ko’rguzub ag’yorg’a, G’ayrat o’ti ichra yona bag’rimni baryon aylama. Barcha xaloyiq to’p bikin tashlar ayoqing uza bosh, Bu ishga zulfung dol erur, sen oni chavgon aylama. Bo’lsa qiyomat barchadin qilg’on ishini so’rg’usi, Oz qil jafou javrni, muncha farovon aylama. Zulmu sitamni zulfungu kofir ko’zungga o’gartib, Bu keng jahonni sen manga bir tor zindon aylama. Ey yinju tishlik dilbarim, la’li guharboring haqi, Sakkokining ikki ko’zin har lahza ummon aylama. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey_husn_ganji%2C_bu_zaif_ko%E2%80%99nglumni_vayron_aylama.... Downloaded from uzbekai.com.