Kim ermas ul oy mubtalosi... Sakkokiy Kim ermas ul oy mubtalosi, Yolg’uz menga yo’q aning balosi. Tushti bu zaif jonimg’a dardi, O’lmaktin azin yo’q ul davosi. Bergusi g’arib boshimni yelga, Ruxsora-u zulfining havosi. Kim ko’rsa aning ko’zini aytur: Ne turfa erur bu turk balosi? Turkona ir irlag’uncha oning, Kuydurdi meni yalay-bulosi. Oyina sening yuzing ko’rubon, Lof ursa, yuzunda yo’q safosi. Dard-u, g’am-u, ranj-u, men-u o’lmoq Sakkokiyga bo’ldi jon g’izosi. — Source: https://wikisource.org/wiki/Kim_ermas_ul_oy_mubtalosi.... Downloaded from uzbekai.com.