Ko’rub gultek yuzung jon pora-pora... Sakkokiy Ko’rub gultek yuzung jon pora-pora, Jigar ham qildi ul qon pora-pora. Jonim ko’rgan jafoning mingda birin, Bo’lur gar ko’rsa sandon pora-pora. Kularda ko’rsa og’zi birla tishin, Bo’lur gulnori xandon pora-pora. Netong munda o’zin chok etsa g’uncha, Aningtek bo’ldi chandon pora-pora. Bag’ir qon qildi amrindinu bo’ldi Ko’zumda la’lu marjon pora-pora. Saqoqin kish yaqosi o’pkanidin Jonim choku giribon pora-pora. Ko’ngul Sakkokiytek jon birla rozi, Jigarni qilsa ul jon pora-pora. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%99rub_gultek_yuzung_jon_pora-pora.... Downloaded from uzbekai.com.