«Qizil qalam» majmuasi to‘g‘risida Sanjar Siddiq …Cho‘lponning “Novvoy qiz” hikoyasi bo‘lib turg‘an voqealardandir. Lekin undagi bir kamchilik Novvoy qizni zo‘rlag‘uvchi yigitning aniq tipini belgilamaslikdir. Yigitning qizg‘a muomalalaridan va ba’zi so‘zlaridan uning ziyoli ekanligi ma’lum bo‘ladi. Lekin shuning bilan birga uning chapanilikka yaqin bir turqi ham seziladi. Yozuvchining nafratini mujib bo‘lg‘an “qahramon”ning jamiyatdagi vaziyatini aniqlab bermak kerak edi. Cho‘lponning bu hikoyasi bosh tomonda adabiyot adabidan bir muncha chiqib ketkan. Adabiyotimizda ko‘rilishi istanilmagan pornografiyaga yo‘l qo‘yg‘an (jinsiy muomala tasvir etilgan). Bu narsa o‘quvchilarning ruhiga juda bo‘lakcha ta’sir etadi va adabiyotning inqirozi deb aytiladi. Umuman san’atda bunday narsalarga ehtiyot bilan qarash kerak. yana shunisi yomonki, hikoyaning boshida yigitning qizni zo‘rlag‘ani ma’lum emas, uning faqat ikki taraflik xohishi bilan bo‘lg‘ani anglashiladi. Bu esa yigitning yomonlig‘ini aytmakchi bo‘lib turub, to‘ppa-to‘g‘ri o‘shaning ta’siriga berilib ketkanligini ko‘rsatadi. Kitobxon — Source: https://wikisource.org/wiki/%C2%ABQizil_qalam%C2%BB_majmuasi_to%E2%80%98g%E2%80%98risida. Downloaded from uzbekai.com.