Sayfi Saroyi Sayfi Saroyi Bu falak nechun meni doim qaro qinda tutar... Bu falak nechun meni doim qaro qinda tutar, Bu otim Sayf o‘ldug‘uchunmi qaro qinda tutar? Qanda bir erdam eri bo‘lsa oni ko‘zdan solib, Tekma bir erdamsiz erni ko‘z qaroqinda tutar. So‘zlarimning javharin orif ko‘rub, qadrin bilib, Ko‘p baholi dur bekin doim quloqinda tutar. Ol bilan oldi ko‘ngul mendin bir oy yuzli malih, Kim muanbar xoli asvad ol yangoqinda tutar. Husn ichinda yo‘q naziri, lekin ul joni jahon Doimo oshiqlarini ishtiyoqinda tutar. Odati budur hamisha bevafo ma’shuqaning, Kim aning vaslin tilasa, o‘l firoqinda tutar. Bu falak javri bekin Sayfi Saroyi bag‘rini Ul yuzi oy hajr o‘tining ihtiroqinda tutar. Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur... Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur, Bo‘yina oshiq sanavbar, yuzina gul zor erur. Og‘zi fastuq, ko‘rki tangsuq, o‘zi mushfiq yor erur, Husnining chovi Xitou Chin ichinda bor erur. Asli alchin, so‘zlari chin, ko‘zlari totor erur, Ming yashar harkim dudog‘i sharbatin totor erur. Ishqining elchisina ko‘nglum munaqqash dor erur. Zulfina tushgan ko‘ngullarning maqomi dor erur. Nechakim ishqi o‘ti bu jon ichinda bor erur, Kahrabo o‘zra ko‘zumdan dam-badam durbor erur. Shahd so‘zi, orif o‘zi, voqifi asror erur. Vasl bo‘stonida xush oshiqlarin asror erur. Vasfina Sayfi Saroyining ishi ash’or erur, Andin o‘zga birla oshiqqa yemak osh or erur. Ey ko‘rklilar xayoli bilan mubtalo ko‘ngul... Ey ko‘rklilar xayoli bilan mubtalo ko‘ngul, Ko‘zi bilan keturgan o‘zina balo ko‘ngul. Ne yerda bir qamar kibi yuz ko‘rijak ravon, Ko‘zo‘ng yumub tusharsan oning o‘tino, ko‘ngul. Bir gul yangoqli jodu qaraqlig‘a ug‘rasang, Joning fido qilursen o‘shul dam ango, ko‘ngul. Sultonlar o‘g‘li zulfina gustox qo‘l sunan, Sensan elinda bir yo‘li yo‘q benavo, ko‘ngul. Ul kim seni jafo bila o‘lturmaga tilar, Ming jon bilan qilursen anga xush duo, ko‘ngul. Tortib zamona xo‘blarining javrini mudom, Ko‘rdungmi hech birinda bulardin vafo, ko‘ngul. Kuydum sening bila necha kez furqat o‘tina, Yillar chekib sening bila javru jafo, ko‘ngul. Qozi evi ne yerda, ajab mufti qaydadur. Qilg‘ay edim sening bila xush mojaro, ko‘ngul. Sayfi Saroyini bu qaro qinda bog‘lasang. Xo‘blar jafosi birla bo‘lursen fano, ko‘ngul. Fi avsofi shuaro Jahon shoirlari, ey gulshani bog‘, Kimi bulbul durur so‘zda, kimi zog‘ Kimi to‘ti bekin chaynar shakarni, Kimi lafzi bilan o‘rtar dararni. Kimining so‘zlari mavzunu shirin, Kimining loyiqi tashrifu tahsin. Kimi o‘zganing ash’orin menim der, Kimi halvo kibi shalg‘am cho‘bin yer. Kimi ma’niy qo‘yub lafzin tuzotur, Kimi vaznin buzub san’at kuzotur. Alarning o‘sh biri Sayfi Saroyi, Jahon oriflarining xoki poyi. Ani sen jumla shoir kamtari bil, Qamar yuzga hamisha mushtari bil. Kim keldi esa jahong‘a, shak yo‘qki, ketar... Kim keldi esa jahong‘a, shak yo‘qki, ketar, Oqil kelibon bu yerda ko‘p xayr etar, Sen eguluk et dag‘i tengizga solg‘il, Yozida sanga yaqin bil ul xayr yetar. Ko‘rkli yuzungga boqqan ko‘zlarga jon ko‘runur... Ko‘rkli yuzungga boqqan ko‘zlarga jon ko‘runur Doyim murassa’ og‘zing gavharfishon ko‘runur. Bozor ichinda husnung ishva sotib olur jon, Bo‘ston ichinda qadding sarvi ravon ko‘runur. Haq sun’i oy yuzungni qilmoq uchun tamosho Har subhidam qopungda xalqi jahon ko‘runur. Erta-kecha ko‘zumdin ketmas uchun xayoling, Ne yerga boqsam anda husnung ayon ko‘runur. Sayfi Saroyi nazmi husnung sifoti birla Doyim bu el tilinda xush dilsiton ko‘runur. Oltun qanotin ochti esa subh sunquri... Oltun qanotin ochti esa subh sunquri, Ko‘k ko‘lga botti jumla kavokib kabutari. Isfandiyori Rum chiqib tiktisa alam, Bo‘ldi ko‘rub hazimat oni shom lashkari. To‘kti qirmizi may qon aqitib charx tosina, Tunnung yurak tomirin ochib subh nishtari. Qushlar ko‘rub havoda ani boshladi ravon, Tili otilancha o‘kmaga allohu akbari. Jannat mengiz bezadisa ul dam o‘zin jahon, Raqs urdi oshiqona yurub charx chanbari. Bo‘ston ichinda turli chechak anjuman qurub, Rahmat sharobi birla bo‘lub mast har biri. Sundi piyola lola qizil gulga gul ichib, Bulbulga qarshi ochti jamolin yana tari. Bulbul mug‘anniy bo‘ldi navoda tuzub nag‘am, Nargisni uyg‘arib yana esritti abhari. Ma’shuqa qomati kibi turlik chechak aro, Xush qo‘llarin solib solinur sarv ari-bari. Bo‘ston ichinda mushk sota boshladi sabo, To‘ldi jahon dimog‘ina gullar muattari. Ul anjuman ichinda edim, keldi nogahon Bir xush habib manzaru ushshoq dilbari. Qaddin ko‘rub yer o‘pti aning sarvi bo‘ston, Zulfi buroqti olama mushk ila anbari, Aydi ravon qasidan g‘arro qilib bu kun, Eltkil aning qatinakim ul dahr mafxari. Iskandariyaning maliki bo‘zlar ahli jud, Kim Hotami zamona kerak bo‘lsa chokari. Hamza yurakli erdam eri Rustami zamon Bu asr ichinda o‘zlarining yo‘q barobari. Ey ma’dani shijoatu mahdiyi ro‘zgor, V-ey manbai saxovatu iqbol manzari. Sen ul yagona forisi chobuksuvorsen, Bir o‘q bilan yiqarsen urubon g‘azanfari. Shatranji baxtu nardi saodat sening bilan Kim o‘ynadi utuldiyu bog‘landi shash dari. Bazmingda tutti Zuhra bu ushshoq pardasin, Soqiy qamar bo‘lub sanga tegruchi mushtari. Sayfi Saroyi xidmatinga madh o‘qub to‘kar Bahri aruz ichindan olib durri javhari, Bo‘ldi g‘idoyi ruhu ko‘ngullar mufarrihi, Ko‘rkli sifatlaring bila devonu daftari. Bu madh ul qasidag‘a qildim javobkim Tun zulfini kesarda tutub subh xanjari. Necha to‘zutsa bodi bahoriy abiru mushk, Necha chamanda bodi xazon qilsa zargariy. Onchag‘a tegru egu oting xayr uza qolib, So‘zlansin el tilinda jahonning dilovari. Qamar yuzungdin bo‘lur munavvar... Qamar yuzungdin bo‘lur munavvar, Shakar so‘zungdan kelur mukarrar. Gunash yuzungni ko‘rub xaloyiq, Bo‘lub tururlar sanga musaxxar. Ko‘ngulga doyim farah berurga Kelib xayoling bo‘dur musavvar. Tugandi umrum firoq elinda, Qachon visoling bo‘lur muyassar. O‘qur sifoting bu Sayfi shaydo, Yozib dafotir uza mufassar. Qurub qoshi yosin qaro ko‘zlaring... Qurub qoshi yosin qaro ko‘zlaring, Otar kirpuk o‘qin mango ko‘zlaring. Bir o‘q birla Rustamni otdin yiqar, Necha otsa qilmas xato ko‘zlaring. Qaroqchi balo qilsa tuz yozida, Qilur doim elda balo ko‘zlaring. Olur sabr jondin, ko‘nguldan qaror Kima boqsa bir kez qiyo ko‘zlaring. Ko‘ngullarni bog‘lab qaro zulfina, O‘sanmasmi jonlar olo ko‘zlaring. Ne yo‘ldan bu Sayfi Saroyining o‘sh To‘kub qonin ichar qano ko‘zlaring. Agar hay demasang, jahonni xarob Qilur g‘amza bilan yono ko‘zlaring. Suhayl va Guldursun Emas afsona chin ushbu bitilmish, Bu chin afsonatek ishqda yetilmish. Ayittim og‘labon davrim jafosin, Bir erning qissayi ahdu vafosin. Temur Urganja tortib keldi lashkar, Ko‘rub ko‘z — ko‘r, bo‘lib qoldi quloq — kar. Qo‘zutti jang bilan olamda to‘fon, Oqitti suv tekin yer uzra ko‘p qon. Ekinchi evlari yoqildi o‘tqa, Buday sovruldi, tuproq bo‘ldi bo‘tqa. O‘lib katti so‘g‘ishda To‘xtamishxon, Tiri ayrildi tuvg‘ondin tug‘ushg‘on. Suhayli alpni elttilar asirga, Hama qoldi bo‘lub ojiz bu sirga. Sipohiylar qilolmay qoldi chora, Faqat qondirdi bu g‘am dilda yora. Suhayl husni erur Yusufdin oliy, Etar mot olmani yuzining oli. Biyik ardamlari bor, so‘zi shirin, Bo‘lur oshiq ani ko‘rganda Shirin. Vale javr toshi yog‘ib boshi uzra, Etiðti boshini xam qoshi uzra. Una yo‘qtur zulmkorlarda parvo, Kima mungaysin etib darda davo? Faqat holini ko‘rganlar etur oh, Uchar atrofda qushlar – dardli hamroh. Bo‘lub mutrib gulistonlarda bulbul, Qilur ming turli nag‘ma birla g‘ulg‘ul. Boshin egmish yetib oltin boshoqlar, Boshoqlarni ekinchilar mashoqlar. Yig‘or don el uchun shundan ekinchi, Erur bor ekmagidindur ilinji. Og‘ochlarda shakar tekin yemishlar. Bu yerni ellari ujmoh demishlar. Suhayl shu yo‘l uzar bormoqda g‘amgin, Sevinchi qora kiygan, ko‘zi namgin. Uning ko‘nglinda so‘lg‘inliq hamisha, Ko‘rinmas unga gulzoru na besha. Suhaylning chohda yotmishi Poyu ilkin etib zanjir bilan band, Og‘ochnida anga ettilar poband. Va oni tashladilar katta chohga, Sira osmay alar go‘sh ohu vohga. Gunash dunyo yuzindin chohg‘a botti, Uzulgan gul tekin tuproqda yotti. U yotgan choh ichi yo‘q shu’layi nur, O‘langamas tiriga erdi bir go‘r. Va lekin erdami bor, suv o‘lmas, Qavilarg‘a hech anda qo‘rquv bo‘lmas. Falak aylanmasi-la davr yetgay, Adolat urlug‘undin baxt bitgay. Suhaylning tush ko‘rmishi Azob ichra yotib zindonda Suhayl, Etardi horg‘onida uyquni mayl. Ko‘rub uyquda ham qo‘rquvli tushdin, Qolurdi ayrilib har damda hushdin. Bu tushda: bir pari bog‘da yurarmish, Yurub bog‘ ichra u gullar terarmish. Deyub anga Suhayl: «Ne gul terursen? O‘zing gulshanda ko‘rkli gul erursen. Nedur zoting, pari yo odamizod? Manga ayt, odingi doim etay yod, Shukurlar etoyin allog‘a ming bor, Ki yetkurdi manga sentek gunash yor». Javob kutti bo‘lub u ish aro mast, Vale taqdir kulub tez bermadi dast. G‘azoldek silkinib qochti parivash, Suhayl ko‘nglig‘a tashlab katta otash. Suhayl yurdi pari qochg‘an sorig‘a, Yetay deb mahvashi — dilkash parig‘a. Yetolmay ko‘rgoni ruxsori mohg‘a, Yiqildi yugrubon poy uzra chohg‘a. Uyonib bildi shunda tush ekonin, Va sezdi botg‘anin anduh tikonin. Shoh qizi Guldursun Suhaylni ko‘rgoni va uni sevib qolg‘anin bayoni O‘lan uzra qurulg‘an xaymada shoh, Zafardan shod bo‘lub yotmishdi ogoh. Bor erdi shoh qizi, Guldursun oti, Tilim evrilmas aytmog‘a sifoti(n). Emas gul yuzi Guldursundin ortuq, Aning ko‘nglinda ishq tengizdin ortuq. Eturdi fasli gul sayri xiyobon, Necha mahramlari birlan xiromon. Shu on kelturdilar chohga Suhaylni, Guldursun boqibon to‘xtatti saylni. Suhaylni ko‘rdiyu, aylandi birtek Kunash girdinda yurgan misli – yertek. O‘zin gul bildiyu, bulbul — Suhaylni, Uni sevdiyu, taslim etti maylni. Va ne chora qisin bulbul qafasda, Kerak gul g‘unchasi ozod nafasda. Sevar bulbul gulin, gul bulbulin ham, Nechun gul aylasin bulbul ko‘zin nam? Kelib Guldursun ko‘nglina bu so‘zlar, Kejib kunlarki, bunga chora izlar. U izlab chora, yaxshi chora topti, Solib ichina g‘urniq evi yopti. Evini istadi posbong‘a bermak, Kechin borib Suhaylni o‘ldi ko‘rmak. Guldursunning chohg‘a tushub Suhayl bilan so‘zlashg‘oni Kechin bo‘lg‘ach, borib posbong‘a o‘tru, O‘zin xohishin aytti anda o‘tru. Epi yeb, isrigach bir onda posbon, Choh ichra boqti tez xurshidi tobon. Ne ko‘rsunkim, bo‘lub tuproqda behol, Suhayl yotur, toptolmish yang‘li gul ol. Ko‘rub Guldursun og‘lab holig‘a yuz, Choh ichra kirdi, qo‘ydi yuzina yuz. Suhayl boshin ko‘torib ko‘rdi qizni, Qul ermas, podshoh deb sezdi o‘zni. O‘nginda tushdakin ko‘rganga u shod, Alam toshi sinib, dil bo‘ldi ozod. Alar yuz qo‘yishib bir-bir yuzina, Uzoq boqishtilar bir-bir ko‘zina. Guldursun aytti anga: Men fidoying. Suhayl aytti anga: O‘ldim gadoying. Seningsiz manga olamdur qarong‘u, O‘limda solmag‘ay bizlara g‘ulg‘u. Agar ming jonim o‘lsa senga tortiq, Bo‘lurmu do‘stu yorliq shundan ortiq? Suhayl bilan Guldursunning chohdin chiqib qochg‘onlari bayoni Bu kech sengayu menga keldi bir gez, Dedi Suhaylg‘a Guldursun: «Turub tez Chiqib chohdin uzoqlarg‘a qochaylik, Bu yerda ag‘lamay ko‘ngil ochaylik». Suhayl kiydi turub arvad qumoshin, Chiqarsa kimsa yo‘q, chohdin u boshin. Alar qo‘ydi ikkisi yo‘l sari poy, Boqib turg‘onda yo‘lg‘a zar sochib oy. Birikib ketti oshiqlar uzoqqa, Ilinmay yo‘l uza qo‘yg‘on tuzoqqa. Alar ko‘p yurdiyu sahrog‘a kirdi, Gunashdin sahro ichra do‘zax erdi. Yo‘q erdi suv, yemakka anda o‘tmak, Agar bo‘lganda ham aqchasi lak-lak. Uchib kelmas edi qushlar bu yerga, Topilmas erdi suv, tashna har erg‘a. Yiqildi tashna Guldursun ochindin, Ko‘mak kimdin kelur, cho‘l ichra kimdin?! Suhayl bordi topurg‘a suvg‘a, dong‘a, Vale darmon berolmay qoldi jong‘a, U yolg‘iz sahro ichra qoldi yolg‘iz, Bo‘lub tashna, qurub qolg‘ontek ildiz. Menga yaxshi dedi yor birla o‘lmak, Na lozim g‘am bilan dunyoda qolmak! Shu so‘zni aytti, tig‘ urdi o‘zig‘a, Ko‘rinmay qoldi keng olam ko‘zig‘a. Suhayl ohidin shu dam qo‘pti bo‘ron, Aningtekkim, buzuldi charxi davron. Alar uzra to‘kildi, ko‘mdi tuproq, Bu sirni tanho sahro bildi ko‘proq. Anga keldi sharaf mard o‘lmagindin, Na kelgay erdi qo‘rqub qolmagindin?! O‘lurmu sevgi ham bil, shundin ortuq, Ki ikkisi qilur jonini tortuq. Xotin sodiq, ani sevgil, aziz er, Har og‘ir ishda ham doim seni der. Unga do‘st bo‘l, uni sevgil, ko‘ngul ber, Uning so‘z bahridan gavharlarin ter! Kelib ko‘nglima Majnun, Layli yodi, Dafotir ustina so‘z seli yog‘di. Bo‘lur bu bitikkim, tarixga yodgor, Bu yodgorimda yolg‘on yo‘g‘u chin bor. Bitilgan nomani ellar o‘qug‘ay, Suhaylning tarixini toza bilg‘ay. Iloho, asragin Sayfi Saroying, Xalos aylab zulmdin keng saroying. Edi yuz to‘qson olti, navro‘z oyi, Xatm etti buni Sayfi Saroyi. Taolalloh, zihi surat, zihi mahbubi ruhoniy... Taolalloh, zihi surat, zihi mahbubi ruhoniy, Kim oning husni shavqindin ko‘ngullar bo‘ldi nuroniy. Mufarrih shevali dilbar, tili to‘ti, so‘zi shakkar, Kiyik ko‘zli, qamar manzar, malohat mulki sultoni. Ko‘ngul olur ko‘zi oli, farah berur engi oli, Bo‘yidur sarvning toli, yuzi jannat gulistoni. Gunashtek belgili shohid, jamoli qavlima shohid, Kechar hasrat bilan zohid yiroqdan ko‘rmaga oni. Alo, ey dilbari manzur, bu ko‘rkingga bo‘lub mag‘rur, Ko‘ngullar qilmag‘il ranjur, kechar bu husn davroni. Bu muddatni g‘animat bil, bu fursatda vafolar qil, Bu izzat birla bo‘l ko‘p yil, xaloyiqning sevar joni. Qoshing chun bayram oyidur, jahon husning gadoyidur, Qulung Sayfi Saroyidur, bukun ul sun’ hayroni. Topulmas husn mulkinda senga teng bir qamar manzar... Topulmas husn mulkinda senga teng bir qamar manzar, Na manzar, manzari shohid, na shohid, shohidi dilbar. Bu kun Yusuf jamolini qilibtur haq sanga baxshish, Na baxshish, baxshishi davlat, na davlat, davlati mafxar. So‘zung durru javohirdur, ko‘ngullar ganjina loyiq, Na loyiq, loyiqi xisrav, na xisrav, xisravi kishvar. Shakardan totlidur xulqung, karamda xotiring matlab, Na matlab, matlabi ma’dan, na ma’dan, madani javhar. Zihi davlatli oshiqkim, sening birlan qilur ishrat, Na ishrat, ishrati jannat, na jannat, jannati kavsar. Bu husnung shavqi zavqinda ko‘ngul to‘tilari tobti, Na tobti, tobti xush lazzat, na lazzat, lazzati shakkar. Jamoling naqshina Sayfi Saroyi bag‘ladi surat Na surat, surati hasno, na hasno, husni jonparvar. Ul yuzi oykim, jahonning jonidur... Ul yuzi oykim, jahonning jonidur, Bu zamona xo‘blarining xonidur. Yosamin tan, qomati sarvi ravon, Zulfi jannat bog‘ining rayhonidur. G‘amzasining oltina olam asir, Ko‘zlari davri qamar fattonidur. Kirpugining o‘qina jonlar nishon, Qoshi yosining jahon qurbonidur. Shams aning har kun yoqosindan tug‘ar, Ul sababdan bu jahon nuroniydur. Beslasin ushshoq jonin, chun bukun Ko‘z qamar, yuz husnining davronidur. Ko‘rgali Sayfi Saroyi qul ani Haq taolo sun’ining hayronidur. Yangi oydur qoshing, ey ko‘rkaboyim... Yangi oydur qoshing, ey ko‘rkaboyim, Qilur bayram yuzungni ko‘rsa soyim. Suv ichkanda dudog‘ingdan suv tomsa, Bitar qandu shakar ul yerda doyim. Jamolingdur bu kun olam safosi, Xayolingdur hamisha jon fizoyim. Kerak o‘ltur, kerak asra, qulungman, Muborak buyrug‘ungdur qutlu royim. Mufarrih nazm etib Sayfi Saroyi Sifotingni o‘qur, ey ko‘rkaboyim. — Source: https://wikisource.org (works of Sayfi Saroyi). Downloaded from uzbekai.com.