Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur... Sayfi Saroyi Dilbarimning zulfi sunbul, chehrasi gulzor erur, Bo‘yina oshiq sanavbar, yuzina gul zor erur. Og‘zi fastuq, ko‘rki tangsuq, o‘zi mushfiq yor erur, Husnining chovi Xitou Chin ichinda bor erur. Asli alchin, so‘zlari chin, ko‘zlari totor erur, Ming yashar harkim dudog‘i sharbatin totor erur. Ishqining elchisina ko‘nglum munaqqash dor erur. Zulfina tushgan ko‘ngullarning maqomi dor erur. Nechakim ishqi o‘ti bu jon ichinda bor erur, Kahrabo o‘zra ko‘zumdan dam-badam durbor erur. Shahd so‘zi, orif o‘zi, voqifi asror erur. Vasl bo‘stonida xush oshiqlarin asror erur. Vasfina Sayfi Saroyining ishi ash’or erur, Andin o‘zga birla oshiqqa yemak osh or erur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Dilbarimning_zulfi_sunbul%2C_chehrasi_gulzor_erur.... Downloaded from uzbekai.com.