Ko‘rkli yuzungga boqqan ko‘zlarga jon ko‘runur... Sayfi Saroyi Ko‘rkli yuzungga boqqan ko‘zlarga jon ko‘runur Doyim murassa’ og‘zing gavharfishon ko‘runur. Bozor ichinda husnung ishva sotib olur jon, Bo‘ston ichinda qadding sarvi ravon ko‘runur. Haq sun’i oy yuzungni qilmoq uchun tamosho Har subhidam qopungda xalqi jahon ko‘runur. Erta-kecha ko‘zumdin ketmas uchun xayoling, Ne yerga boqsam anda husnung ayon ko‘runur. Sayfi Saroyi nazmi husnung sifoti birla Doyim bu el tilinda xush dilsiton ko‘runur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%98rkli_yuzungga_boqqan_ko%E2%80%98zlarga_jon_ko%E2%80%98runur.... Downloaded from uzbekai.com.