Qamar yuzungdin bo‘lur munavvar... Sayfi Saroyi Qamar yuzungdin bo‘lur munavvar, Shakar so‘zungdan kelur mukarrar. Gunash yuzungni ko‘rub xaloyiq, Bo‘lub tururlar sanga musaxxar. Ko‘ngulga doyim farah berurga Kelib xayoling bo‘dur musavvar. Tugandi umrum firoq elinda, Qachon visoling bo‘lur muyassar. O‘qur sifoting bu Sayfi shaydo, Yozib dafotir uza mufassar. — Source: https://wikisource.org/wiki/Qamar_yuzungdin_bo%E2%80%98lur_munavvar.... Downloaded from uzbekai.com.