Qurub qoshi yosin qaro ko‘zlaring... Sayfi Saroyi Qurub qoshi yosin qaro ko‘zlaring, Otar kirpuk o‘qin mango ko‘zlaring. Bir o‘q birla Rustamni otdin yiqar, Necha otsa qilmas xato ko‘zlaring. Qaroqchi balo qilsa tuz yozida, Qilur doim elda balo ko‘zlaring. Olur sabr jondin, ko‘nguldan qaror Kima boqsa bir kez qiyo ko‘zlaring. Ko‘ngullarni bog‘lab qaro zulfina, O‘sanmasmi jonlar olo ko‘zlaring. Ne yo‘ldan bu Sayfi Saroyining o‘sh To‘kub qonin ichar qano ko‘zlaring. Agar hay demasang, jahonni xarob Qilur g‘amza bilan yono ko‘zlaring. — Source: https://wikisource.org/wiki/Qurub_qoshi_yosin_qaro_ko%E2%80%98zlaring.... Downloaded from uzbekai.com.