Topulmas husn mulkinda senga teng bir qamar manzar... Sayfi Saroyi Topulmas husn mulkinda senga teng bir qamar manzar, Na manzar, manzari shohid, na shohid, shohidi dilbar. Bu kun Yusuf jamolini qilibtur haq sanga baxshish, Na baxshish, baxshishi davlat, na davlat, davlati mafxar. So‘zung durru javohirdur, ko‘ngullar ganjina loyiq, Na loyiq, loyiqi xisrav, na xisrav, xisravi kishvar. Shakardan totlidur xulqung, karamda xotiring matlab, Na matlab, matlabi ma’dan, na ma’dan, madani javhar. Zihi davlatli oshiqkim, sening birlan qilur ishrat, Na ishrat, ishrati jannat, na jannat, jannati kavsar. Bu husnung shavqi zavqinda ko‘ngul to‘tilari tobti, Na tobti, tobti xush lazzat, na lazzat, lazzati shakkar. Jamoling naqshina Sayfi Saroyi bag‘ladi surat Na surat, surati hasno, na hasno, husni jonparvar. — Source: https://wikisource.org/wiki/Topulmas_husn_mulkinda_senga_teng_bir_qamar_manzar.... Downloaded from uzbekai.com.