Ul yuzi oykim, jahonning jonidur... Sayfi Saroyi Ul yuzi oykim, jahonning jonidur, Bu zamona xo‘blarining xonidur. Yosamin tan, qomati sarvi ravon, Zulfi jannat bog‘ining rayhonidur. G‘amzasining oltina olam asir, Ko‘zlari davri qamar fattonidur. Kirpugining o‘qina jonlar nishon, Qoshi yosining jahon qurbonidur. Shams aning har kun yoqosindan tug‘ar, Ul sababdan bu jahon nuroniydur. Beslasin ushshoq jonin, chun bukun Ko‘z qamar, yuz husnining davronidur. Ko‘rgali Sayfi Saroyi qul ani Haq taolo sun’ining hayronidur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ul_yuzi_oykim%2C_jahonning_jonidur.... Downloaded from uzbekai.com.