Yangi oydur qoshing, ey ko‘rkaboyim... Sayfi Saroyi Yangi oydur qoshing, ey ko‘rkaboyim, Qilur bayram yuzungni ko‘rsa soyim. Suv ichkanda dudog‘ingdan suv tomsa, Bitar qandu shakar ul yerda doyim. Jamolingdur bu kun olam safosi, Xayolingdur hamisha jon fizoyim. Kerak o‘ltur, kerak asra, qulungman, Muborak buyrug‘ungdur qutlu royim. Mufarrih nazm etib Sayfi Saroyi Sifotingni o‘qur, ey ko‘rkaboyim. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yangi_oydur_qoshing%2C_ey_ko%E2%80%98rkaboyim.... Downloaded from uzbekai.com.