Chiqdi bog‘idin bir gul, men sori shitob aylab... Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy Chiqdi bog‘idin bir gul, men sori shitob aylab, Burqa’in solib yuzdin, bag‘rimi kabob aylab. Titravuj toqib boshqa, zarvaraq sepib qoshqa, Meni oldi yonboshqa, din uyin xarob aylab. Haddin oshqanin ishqim bilmayin, belin quchtum. Zarradek yera tushtum, anda iztirob aylab. Bexud o‘lmog‘im ko‘rdi, boshim uzra o‘lturdi, Meni husha kelturdi, xayidin gulob aylab. Ko‘rgach-o‘q o‘shal yuzni, bahramand etib ko‘zni, Boadab tutub o‘zni, naqshi po hisob aylab. So‘rdi mustamandidin, hajrining gazandidin, La’li no‘shxandidin meni komyob aylab. Aqlim itmish ul soat, telbalig‘ tariyqidin Yova so‘z demishdurmen, ollida xitob aylab. Keldi qahri ul gulni, sardi zulfi sunbulni, O‘tqa soldi men qulni, bog‘i irtikob aylab. Tarki xonumon ettim, go‘shada makon ettim, Vasfini bayon ettim, Shavqidin kitob aylab. — Source: https://wikisource.org/wiki/Chiqdi_bog%E2%80%98idin_bir_gul%2C_men_sori_shitob_aylab.... Downloaded from uzbekai.com.