G‘aflatim daf’ig‘a ma’juii zarovand ettim... Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy G‘aflatim daf’ig‘a ma’juii zarovand ettim, Ko‘ziming kosayu ashkin suvu hovand ettim. O‘lmas iksilmog‘udek g‘ayr xayoli ya’ni Rishtai shavqingi jon torig‘a payvand ettim. Muzdi diydoringga loyiq hasanotim yo‘q edi, Va’dai vasling ila ko‘nglumi xursand ettim. Qasri irfonimi selobi xayol etti xarob, Dayr loyidin ani raxnasini band ettim. Telba ko‘nglumg‘a solib silsilai ranju ano, Vodiyi ishqingi qat’ig‘a xiradmand ettim. Shoyad o‘lg‘ay manga jamiyati dil tafriqadin, O‘zimi xalq aro faqr ahlig‘a monand ettim. Jomi maydin meni Shavqiyg‘a karam qil, soqiy, Harza aqvol ila tab’imni parokand ettim. — Source: https://wikisource.org/wiki/G%E2%80%98aflatim_daf%E2%80%99ig%E2%80%98a_ma%E2%80%99juii_zarovand_ettim.... Downloaded from uzbekai.com.