Izo mo zoqatul-ahvoli bilhajr... Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy Izo mo zoqatul-ahvoli bilhajr, Fasif antassuoda laylatud-dajr. Agar shomi firoqidin qutulsam, Degay vasfini hatto matla’ul-fajr. Javohirlar to‘karmen ikki ko‘zdin, Tilarmen la’li nobidin anga ajr. Nedin ohim o‘qin toramg‘a otmay, Qilibdur qomatim «yo»dek nigun hajr. Meni gar xonaqah sorida ko‘rsang, Bu yo‘ldin qaytarurda aylag‘il zajr! Tama’ aylab visolig‘a, chekarmen yo‘lida dardu anduhi g‘ami hajr. Baloi hajridin ko‘p qo‘rqma, Shavqiy, Masaldur: qo‘rug‘an ko‘zga tushar vajr. — Source: https://wikisource.org/wiki/Izo_mo_zoqatul-ahvoli_bilhajr.... Downloaded from uzbekai.com.