Yor hajrida ko‘zum qatrasi chandon-chandon... Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy Yor hajrida ko‘zum qatrasi chandon-chandon Oqtikim, qoldi ulus ko‘rgali qayron-hayron. Charxdek sochtim o‘lub ham yoshim anjum-anjum, Kelgali kulbama ul oy araqafshon-afshon. O‘lturub erdim aning yodida men qon yig‘lab, Sundi may men sari ul mug‘bacha xandon-xandon. Qoshi yosini chekib, noz ila novak otgach, O‘tti ko‘ksum siparidin o‘qi parron-parron. Shukrkim, ko‘nglum uyin ayladi ravshan tun subh, Ko‘rguzub mehri vafosin manga alvon-alvon… Dayrdin lutf ila, Shavqiy, sanga miyno-miyno Bersalar boda, sumur go‘shada pinhon-pinhon. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yor_hajrida_ko%E2%80%98zum_qatrasi_chandon-chandon.... Downloaded from uzbekai.com.