Davlat tilasang haqdin adab rishtasin ushla... Shavqiy Davlat tilasang haqdin adab rishtasin ushla, davlat anga payvand, Hech ziynat emas surati zebog‘a adabcha, tark aylama zinhor. Ahdingni buzub qavlingga yolg‘on suxan olma hurmat talab ersang, Bo‘lmas bu ikov ahli malohat zarifig‘a, albatta sazovor. Gar Shavqiy so‘zi kelsa malol senga, ayo mah, andin hazar etma, Harchand agar talxdur, anga amal ayla, mazmunida so‘z bor. — Source: https://wikisource.org/wiki/Davlat_tilasang_haqdin_adab_rishtasin_ushla.... Downloaded from uzbekai.com.