Jahon obod aylar ul parivash husni gulzori... Shavqiy Jahon obod aylar ul parivash husni gulzori, Ikki xam qoshlarini go‘shasida chashmi xummori. Ikki navras niholi, la’li shakar, orazi zebo, Ko‘rarga bas ajoyib narx o‘lubdur husn bozori Ko‘zi jodu, yuzi gul, sarv qomat, lablari shakkag Munavvar aylagay olam yuzini husn diydori. Yaroshnb sarvdek qomatga nozik jomai gulgun, Jamolin bir tamosho qilg‘ali olam giriftori. Latofat koni ul shirin, malohat g‘amzasi xunxor, Jahon sahnnga t.ushgan huri jannatni namudori. Bu shaklu, bu latofat, muncha ra’nolik ajoyibkim Jahonga fitna solmish shevai noz ila raftori. Hamisha nozaninlar vasfida guftor etar Shavqiy, Na xushdur har kishini bo‘lsa bu suratli dildori. — Source: https://wikisource.org/wiki/Jahon_obod_aylar_ul_parivash_husni_gulzori.... Downloaded from uzbekai.com.