Shermuhammad Munis Shermuhammad Munis Ashk xun, ruxsor zardu dil hazing, tole’ qaro... Ashk xun, ruxsor zardu dil hazing, tole’ qaro, Dard gunogun, falak dun, ahli davron bevafo. Jon ga’min, xotir mushavvash, aql majqudul – asar, Hajr qotil, yor g’ofil, ishq g’olib borho. Zaxm muhlik, tiri g’am parron erur, romi falak, Za’f mustavli, badan majruh erur, marham fano. Do’st beparvo, ko’ngul oshuftavu dushman qaviy, Muddaiy ko’p, ta’na bisyoru jafokor oshno. Ham havo bordur samumi ohu ham har so’z ashk, Mazra’ ofat, shohi naxli umr benash’u namo. Yor hamsuhbatligidin toki ayrildim, erur Hamdamim ranju ano, hamroz g’am, mahram balo. Kishvari mehnat shahimenkim, manga bordur mudom, Boshg’a sochqan xok toju taxt-eski bo’ryo. Maskanim xoki mazallat, bistarim xori taab, To’mam anduhi nadomat, ishratim tutmoq azo. Majlisim qayg’u, mayim xuni jigar, jomim firoq, Lekin, ey Munis, bu hangom ichradur soqiy qazo. Balo ko’hsorining farhodi men-men... Balo ko’hsorining farhodi men-men, Junun tasvirining behzodi men-men. Jahonda har qachonkim bo’lsa paydo Agar sho’re, aning bunyodi men-men. G’amu mehnatga bor ersa aro’se, Bilinglarkim, aning domodi men-men. Netong Majnun mening shogirdim o’lsa, Ki, ishq atfolining ustodi men-men. Ko’ngulda zaxmlardurkim, falakning Nishoni novaki bedodi men-men. Mening nolamg’a xud sho’xe sababdur, Vale el boisi faryodi men-men. Qurub hijron tuzoqini hamisha, Balolar saydining sayyodi men-men. Vafoda muddaiylardur mutei, Jafo aylar chog’I munqodi men-men. Jununda, Muniso, murshidlig’ etsang, Aning shoyistai irshodi men-men. Base g’am boridin chekmish og’irni... Base g’am boridin chekmish og’irni, Yog’ir bo’lmish hazin ko’nglim yog’irni. Falak g’am yuklarin solg’onda elga, Yog’irnimg’a mening qo’ymish og’irni. Bilursan g’am yukin ko’p chekkanimni Yog’irnim ustida ko’rsang yog’irni. Iting ko’rsam, manga uns aylasun deb, Berurman gah ko’nguln, gah bog’irni. Raqib ollingda bo’lmoqdin hazinman, Tilarman ko’rmasam ul bo’lmog’irni. Zamon ahlig’a bo’lmish shikva oyin, Netong, sevsam agar gungu sog’irni. Najote istasang Munisg’a g’amdin, Ayoqchi, tut anga har dam chog’irni. Bo'lg'usi Shirinsuxan Laylivashim vaqtiki qohir bo‘lg’usi, Tig’i siyosat tortibon qatlimga hozir bo‘lg’usi, Tan chirkidin jonim mening ul lahza tohir bo‘lg’usi, Ishq ahli go’ristonida qabrim chu zohir bo‘lg’usi, Farhod oning toshin yo‘nub, Majnun mujovir bo‘lg’usi. Fatton ko‘zung mardumlari xunxora ikki jodudur, Mehri jamoling ollida xurshedi raxshon ko‘zgudur, Qilsam anga nazzoraye, men zorg‘a bu qayg’udur, Dersen,yuzum sori ko‘zung ko‘p boqmasun, gar yuz budur, Ul mehr tobidin erib oqg‘uncha nozir bo‘lg’usi. Kofir ko‘zungning xizmatin ixlos ila qilmish ajal, Xanjar mijangdin aylabon el bag‘rini tilmish ajal, Qotilligingni, ey pari paykar, magar bilmish ajal, G‘amzangdin o‘lturmak ishin ta’lim ola kelmish ajal, Bu nav ustod o‘lsa, ul oz chog‘da mohir bo‘lg’usi. To g‘ayr ila majlis tutub mayl etti ul mah jomg‘a, Har kecha ohim o‘t solur garduni nofarjomg‘a, Hamkeshlik qilmay dame men zori beoromg‘a, Ul g‘amza kufridin ko‘ngul nave kelur islomg‘a Kim, tarki islom aylabon go‘yoki kofir bo‘lg’usi. Bordur manga zolim iki: gardun biri, dilbar biri, Ashkim bila ohim erur Jayxun biri, sarsar biri, Behad g‘amim bor o‘lsa sabt o‘lg’usi ming daftar biri, Ko‘nglumdagi har peshdin gar bo‘lsa bir til har biri, Yuz til bila o‘z holining sharhida qosir bo‘lg’usi. Dildor vaslin istasang, o‘zdin anosir dafin et Bor-u yo‘qing tarkin tutub, pinhon-u zohir dafin et. Har ishki maqsad nuriga bo‘lg’usi sotir dafin et, Xotirni jam istar esang, avval xavotir dafin et. Kimda xavotir bo‘lmasa, osuda xotir bo‘lg’usi. Husn ichra aql aylab sanga Kan’on shahi tashbehini, Ko‘nglum qilib ruxsoringa gardun mahi tashbehini, Ko’yunga Munis ravzaning aylab gahi tashbehini, Qildi Navoiy qaddinga sarvi sihi tashbehini, Bu tabi nomavzun ila bechora shoir bo‘lg’usi. Bordim sari ko’yingg’avu hirmon bila yondim... Bordim sari ko’yingg’avu hirmon bila yondim, Vaslingni tilab, mehnati hijron bila yondim. Bordim labi xandon bila tavfi haramingg’a, G’amgin ko’ngulu diydayi giryon bila yondim. Og’zingni tilab, zulfinga jon bo’ldi giriftor, Diljam’ borib, holi parishon bila yondim. Mendan asare istamangiz juz bir ovuch kul Kim, ishq kibi otashi so’zon bila yondim. Munis kibi vasling tilab, topmadim oxir, Maqsudima bir yetmadim, armon bila yondim. Bo’lmasa jinsi jamolingga xaridor oftob... Bo’lmasa jinsi jamolingga xaridor oftob, Ne uchun zarposhlig’lar aylar izhor oftob? Senki shohi husnsen, har kun qilib qulluq sanga, Sajda aylarga qo’yar tufroqqa ruxsor oftob. Chiq jamolingni ochib, to elga husnin sotg’ali, Qilmasun olam aro ko’p arzi diydor oftob. Xokbo’sing husn eliga mujibi izzatdurur, Charx uza chiqmas yo’lingda bo’lmayin xor oftob… Sham’I vaslingdin agar yetsa furug’e basdurur, Andin o’zga shomi hajrimg’a ne darkor oftob. Davri ruxsoringda mushkin zulf emastur go’yoyo, Qildi fosh oyinasi girdida zangor oftob. Ne uchun shomu sahar boshing uza aylanmasun, Ko’rmamish husning kibi bu charxi davvor oftob. Rutbayi oliy tilarsen, sof qil ko’nglingnikim, Irtifo’ aylarg’a mundindur sazovor oftob. Yurutur yaxshi amal qabringni, yo’qsa, sud emas, Tojing uzra bo’lsa gar har durri shahvor oftob. Bo’l tafarrudpesha, Muniskim, Masihog’a maqom Bo’ldi bu ishdin sipehr avjida to bor oftob. Do‘stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz... Do‘stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz, Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz. Gar muyassar bo‘lsa bir mahbub ila bazmi nishot, Mensizin suhbat tuzarga mayl-u rag’bat qilmangiz. Topsangiz bazmi visoli, anda yod etmay meni, Zor ko‘nglumni asiri dog’i furqat qilmangiz. Men kibi yo‘qdur aroda, mankub-u maxmuri aysh, Kimsaga mandin ziyoda boda shafqat qilmangiz. Ahli donish birla har dam aylangiz bazmi kitob, Jami nodonlar bila izhori ulfat qilmangiz. Do‘st uldurkim, yomon kun yuz evurmas do‘stidin, Munis ahvolin ko‘rub tarki muhabbat qilmangiz. Etdigumdandur Falak shabgun ko‘ngul dudin namoyon etdigumdandur, Zamin gulzor qon yoshim gulafshon etdigumdandur, Jahonda sho’ri rasvolig’ farovon etdigumdandur, Parishon xalqi olam oh-u afg‘on etdigumdandur, Parishon o‘ldug’um xalqi parishon etdigumdandur. Saropo aqli xudroyim giriftori junun o‘lmog’, Damodam chashmi giryonim sirishki lolagun o‘lmog’, Dili mahzunim anduh ichra har soat zabun o‘lmog’, Tani zorimda dardi ishq kun-kundin fuzun o‘lmog’, Tani bedarda tadbir ila darmon etdigumdandur. Yetub gar holate oshiq do’gar yosh yo edar nola, Sabab ta’siri fayzi ma’shuq o‘la ul hola, Eshit burhonimi tasdiqing o‘lmaza bu aqvola, Ko‘zimkim bag‘riming qonin do’gar pargola-pargola, Damodam orzuyi la’li jonon etdigumdandur. Xachan afsus edardim sirrimi po’shida qilsaydim, Xachan hasrat chekardim zohiran gul-gul ochilsaydim, Xachan zahmat ko‘rardim da’vati oroma kelsaydim, Xachan rasvo o‘lurdim qon yutub sabr eda bilsaydim, Malomat chekdigim behuda afg‘on etdigumdandur. Junun vodiylarig‘a Xizri uzlat go’star ohim, Na hamrohim o‘lub Munis kibi hamroz-u dilxohim, Na bir odam ko‘rib ashkim, eshitur nola-yu ohim, Fuzuliy, ixtiloti mardumi olamdin ikrohim, Parivashlar xayolin munisi jon etdigumdandir. G’unchalar ochildi-yu, ko’nglum ochilmaydur hanuz... G’unchalar ochildi-yu, ko’nglum ochilmaydur hanuz, Bulbuloso xotirim gul mayli qilmaydur hanuz. Za’f aro ushshoqg’a ibrat bo’lubman, ohkim, Ko’zga ahvoli nizorim yor ilmaydur hanuz. Va’dayi vasl aylab erdi, ayladi ta’xir ko’p, Yo ibo qildi-yu, yo yodig’a kelmaydur hanuz. Pesha aylab charx zoli tinmayin tun-kun dame Dilbarimcha javr oyinini bilmaydur hanuz. Yerni ashkim g’arq etib, zo’r etti ohim sarsari, Nedin erkandur falak toqi yiqilmaydur hanuz? Yuz nadomat birla emdi o’zni o’ltursam, netong, Sajda qilmoqliqg’a boshim bir egilmaydur hanuz. Ixtiyor etsa agar Munis yana sargashtalik, Pand qilmangkim, jununidin oyilmaydur hanuz. Ishqing o‘tidin o‘rtanadur... Ishqing o‘tidin o‘rtanadur joni nizorim, ul navki, mash’al, Xokistar o‘lub yelga borur gardi g‘uborim, jismim bo‘lubon hal. Boshingdin agar evrulubon o’psa ayoqing, ko‘nglumga ajab yo‘q, Bu martabaga yetkuradur oni nigorim, gisuyi musalsal. Dard ahli chekar har necha ojizroq o‘lub oh, ta’siri fuzundur, Sog‘inma agar past esa nola-vu zorim, zinhorki, ashal. Ey Sho‘x, meni solma inoyat nazaridin, har hol ila bo‘lsam, Sen-sen mening ummidim-u maqsudim-u yorim, ham so‘ngra, ham avval. La’ling mayi birla meni sarshori hayot et, hayvon suyi yanglig Kim, jonima qasd aylabon anduhi xumorim, qildi meni mahtal. Lu’luyi xushob o‘ldi tishing vasfini qilg’och, har nuktaki surdum, Hay-hay, na balo yaxshi xayol o‘ldi shiorim, har fikrdin afzal. Har yon yugurub dasht uza sargashtalik etsam, man aylama zinhor, Kim, keldi g‘aming olg‘ali orom-u qarorim, bir oyati munza. Erdim guli vasling bila shod o’ylaki bulbul, hajr ayladi mahzun, Ey voy, xazon mavsimig‘a fasli bahorim, charx etti mubadda! Ne o‘t edi husningdaki, kul bo‘ldi sarosar, bo‘lg‘on anga nozir, Qaysi ko‘ngul erkan anga, ey shu’la uzorim bo‘lg’usi sijanjal?» Behudadurur sarzanish etmak menga Munis, rasvolig’ ishidin. Odobi muhabbatda agar ketmasa orim, bo‘lg‘aymuman akmal? Istading, ey dil, ko’zin, joning kerakmasmu sanga... Istading, ey dil, ko’zin, joning kerakmasmu sanga? Kufri zulfin sevding, imoning kerakmasmu sanga? Dardu g’am seli bila buzding ko’ngil koshonasin, Ey malohat ganji, vayroning kerakmasmu sanga? Jam’ etib, o’tlug’ ko’ngullarni muqayyad aylading, Halqayi zulfi parishoning kerakmasmu sanga? Tiyri g’amzang muddaiy ko’ngliga zoye’ qilmakim, Ul xadafdur xora, paykoning kerakmasmu sanga? Sarsari ohimni, ey gardun, qilursan tundu tez, Mash’ali xurshedi raxshoning kerakmasmu sanga? Ey gul, aylarsan jafo xorin urub, Munisga javr, Andalibi dilkash ilhoming kerakmasmu sanga? Kimnikim do’st dedum, dushmani jon topdim oni... Kimnikim do’st dedum, dushmani jon topdim oni, Neki andin tiladim sud, ziyon topdim oni. Yor mehrin tilab, ag’yor jafosin ko’rdum, Mayki gulgun talab ettim, qaro qon topdim oni. G’unchayi xotirim ochmoqg’a nasime tiladim, Goh o’tlig’ yelu goh bodi xazon topdim oni. Nekxohim deganim barcha bor erkan badxoh, Onikim anglar edim yaxshi, yomon topdim oni. Ishq anduhi nihon qolmoqi imkon ermas, Menki yoshurmoq ishim erdi, ayon topdim oni. Vaqtdur, dilbarig’a topsa nishone Munis Kim, g’ami ishq aro benomu nishon topdim oni. Ko’ngluma bir gul g’amidin sonchlibdur xorlar... Ko’ngluma bir gul g’amidin sonchlibdur xorlar, Ohkim, har xoridin jonimdadur ozorlar. Aylamish ko’nlumni majnun jilvayi laylivashi Kim, asiri g’amzasidurlar pariruxsorlar. Turfa ayyoreki, din naqdin olurda turrasi, O’rganurlar andin o’g’riliq ishin tarrorlar. Gardishi chashmidadur kayfiyati davri qadah, Men bilibdurmanki, bilmaslar ani hushyorlar. Muniso, ag’yor gar hamsuhbat o’lsa yor ila, Bo’lma mahzun, hamdami gul bo’lg’usidur xorlar. Ko’yungda qilay dеsam gadolig... Ko’yungda qilay dеsam gadolig’, Dеrlar sanga bormu podsholig’. Tark aylading ahli oshnoni, Bеgonaga aylab oshnolig’. Harna sitam o’lsa qilg’il, ey charx, Solma arog’a valе judolig’. Botinda riyodur etsa zohid, Zohirda agarchi porsolig’. Munis nеga nukta ko’p surarsеn. Kam bo’lsa, mato’ o’lur baholig’. Kulbam sari jononim kelmasmu ekin oyo... Kulbam sari jononim kelmasmu ekin oyo, Hajrida yomon holim, bilmasmu ekin oyo? So‘rmoqqa borur yorim oshiqlari ahvolin, Deb ul meni ham oshiq, kelmasmu ekin oyo? Hajrida qolib yillar, olmas xabare mandin, Ollida kishi yodim qilmasmu ekin oyo? So‘rg‘ay edi holimni, oshiqlaridin bilsa, Gar bilsa, dog’i ko‘zga ilmasmu ekin oyo? Xanjar chekib el bag‘rin tilmakdin etar ehson, Bag‘rimni mening yorab, tilmasmu ekin oyo? Baskim to‘ladur yoshdin, ko‘zni ocha olmasman, Bir lutf iligi oni silmasmu ekin oyo? Gulzori visolig‘a Munis yeta olmas hech, Aylab talabin yeldek, yelmasmu ekin oyo? Kеrakmas jon manga jonondvn ayru... Kеrakmas jon manga jonondvn ayru, Kishi nеtsun badanni jondin ayru. Labidur chashmai hayvon, emas Xizr, Tirik ul chashmai hayvondin ayru. Erur ravshan aning husnida oni, Ki ko’nglum shod bo’lmas ondin ayru. Nigorim borgali ko’nglum buzuldi, Ki vayron mulk o’lur sultondin ayru. Bulog’da yеr pari tutg’ondеk ermas, Xayoli didai giryondin ayru. Vuhush o’lg’an kabi Majnung’a damsoz, G’ami ermas bu sargardondin ayru. Nеdin vaslig’a yеtkurmas mеni kim, Emas gul bulbuli noladin ayru, Emasman ishqidin ayruki bo’lmas. Samandar otoshi so’zondin ayru. Ko’ngul ko’yingdin ayru bеnovodur, Navo bulbulda yo’q bo’stondin ayru. Na nash’a hosil aylar shayxi nodon, Sharobi sog’ari irfondin ayru. Yoliqtilar jahon ahli, va lеkin, Dami Munis emas afg’ondin ayru. Muniso, to’kmay yigirma yetti yosh... Muniso, to’kmay yigirma yetti yosh, Vah, yigirma yetti uzra yetti yosh, Yosh kibi mashg’ulliq qilmoq nedur, Har qachonkim suhbatingg‘a yetti yosh. Oshno Davlating boridadurlar barcha olam oshno, Qaytgach davlat, jahonda topilur kam oshno. O’yla bekaslik meni mahzung‘a topmish dastkim, Bir kishi yo‘qdur mango juz kulfat-u g‘am oshno. Baski, davron xohishi begonalig’ solmoqdurur, Bir-biriga bo‘la olmas ikki hamdam oshno. Kimki bo‘ldi oshno, bot ayladi begonalig’, Topmadim bu davr aro bir ahdi mahkam oshno. Gar vafo bo‘lsa, birida bo‘lg‘ay erdi, ko‘rmadim, Bo‘ldilar har nechakim avlodi odam oshno. Hajr ranjidin o‘larga yetmishamkim, ko‘rsalar Holima tutg‘ay azo begona, motam oshno. Ishq aro ul nav erur vahshat meni majnung‘akim, O‘zgani demay, bo‘la olmas ko‘ngul ham oshno. Dard chekmak, ashk to’kmak ishq eliga xosdur, Har ko‘ngulga dard, har ko‘zga emas nam oshno. Muniso, davron g‘ami begona bo‘lsa, tong emas Kim, senga bo‘lmish biyik donishvar Akram oshno. Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor... Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor? Qaysi bulbulning seningden bir guli bexori bor? Qaysi ra’no sarvqadg’a qumriye bor men kibi? Qaysi qumrini qadingdek sarvi xushraftori bor? Qaysi laylivash pari majnuni bor men telbadek? Qaysi majnunning meningdek bir pariruxsori bor? Qaysi yor ollida mendek oshiqi jonboz erur? Qaysi oshiqning seningdek nozanin dildori bor? Qaysi bir ayyorning bor men kibi sargashtasi? Qaysi bir sargashtaning sendek buti ayyori bor? Qaysi shohning Munisi mahzun kibi bordur quli? Qaysi gulning sen kibi shohi falakmiqdori bor? Qilurlar bir-birining suhbatin garchi havas ahbob... Qilurlar bir-birining suhbatin garchi havas ahbob, Emaslar lek davron gardishidin dastras ahbob. Falak mundog’ki dushmankomlig’ zohir qilur har dam, Emaslar hech forig’ g’am chekardin bir nafas ahbob. Muhabbat rasmidin ogoh etib, minnat tutub bergil, Agar jon naqdini sendin qilurlar multamas ahbob. Zamona ahlining manzuridur chun moli jam’iyat, Qachon topg’ay meningdek bir g’arib be hechkas ahbob. Erurmen o’yla bekaskim, borurg’a bog’lasam mahmil, Topilmas aylamakka nola andoqkim jaras, ahbob. Tutay kimdin umidi marhamatkim, yoqg’ali jonim – Urarlar otash a’dovu solurlar xoru xas ahbob. Desang, a’do shikasti davlatimg’a topmasunlar dast, Yig’ atrofingg’a, ey shoh, adl birla peshu pas ahbob. Shakar yanglig’ jahon ahlig’a shirinkomliq yetkur, Hujum etsun desang ustingda andoqkim magas ahbob. Erur bir gul havosi bilra Munis ko’ngli bolafshon, Nechuk saqlarlar aylab oni mahbusi qafas ahbob. Raxshi himmat men tutub mahkam yolin... Raxshi himmat men tutub mahkam yolin, Yor izidin yet, karam qil, deb yolin, Yo‘q-u borimni yoqib kul ayladi, Ishq o‘tidin ko’kka chirmoshg’on yolin. Shoho, fuqaroki munisi g‘amdurlar... Shoho, fuqaroki munisi g‘amdurlar, Bedordil-u ko‘zlari purnamdurlar, Zinhor alarni qilmag’il ozurda, Otashdam-u barhamzani olamdurlar. So‘z ichra Navoiyki jahongirdurur... So‘z ichra Navoiyki jahongirdurur, Munisg‘a maoniy yo‘lida pirdurur, Yo‘q g‘ayriyat andin o‘zgakim ayturlar: Bu Shermuhammad, ul Alisherdurur. Tabassumda ko’rub rangin labingni nogihon g’uncha... Tabassumda ko’rub rangin labingni nogihon g’uncha, Qilib diltanglik zohir, ichidin bo’ldi qon g’uncha. Sabo tahrikidin, yo’q, balki og’zing sharmidin boshin Quyi solmoqqa moyil bo’lg’usidur har zamon g’uncha. Ochiq chehrangni to ko’rdi dema, ey, gul ochilmishdur, Xijolat g’oyatidin aylamish kulgu ayon g’uncha. Ko’ngul tor og’zinga bir handada oldurdim, ey gulrux, Kishi ko’rganmu erkan bu sifat bir dilsiton g’uncha? Omonlik istasang bu bog’ aro, xomush bo’l doim Ki, ofatdin omondur sirrin aytar to nihon g’uncha. Sening og’zing xayolidin qilur ko’nglum qushi nola, Erur bois chu bulbul qilsa faryodu fig’on g’uncha. Ko’ngul jam’iyati topsa xalal ermas, taajjubkim, Emas bu bog’ aro oshufta bo’lmoqdin omon g’uncha. Nedur bu razmgoh ichra boshingga istamaklik xud Ki, el xayli o’qig’a bordur avvalroq nishon g’uncha. Shitobon bo’lma, rif’at qullasig’a to kun ermassen, Kamin aylab yotibdur yo’lda sheri osmon, g’uncha. Fig’onkim, barcha bu gulshan vidoidin emas emin Ki, gah gul uzmak etmish da’b, gohi, bog’bon g’uncha. Aning ruhsoru la’li o’yla rangindurki, ey Munis, Agar ko’rsa, bo’lur afsurda gul ham notavon g’uncha. Uzoringda nure ayondur, ayon... Uzoringda nure ayondur, ayon Ki, andin kunu oy nishondur, nishon. Balo o’qlarin otg’ali jonima, Iki egma qoshing kamondur, kamon. Raqibingdin o’lmas ayon yaxshilik, Ki, qavli-yu fe’li yomondur, yomon. Hayotimg’a zikri labingdur sabab, Yo’q ersa, tiriklik gumondur, gumon. Manga sud erur sudi ishqing g’ami, Aning harna g’ayri ziyondur, ziyon. Erursan gahi ko’z, gahi jon aro, Senga bu iki yer makondur, makon. Nechuk el erur ohi sardim mening, Jahon bog’I andin xazondur, xazon. Jigar birla ko’nglum qilib qon g’aming, Iki ko’z yo’lidin ravondur, ravon. Ulus kelsa mendin fig’onga, netong, Ishim kecha-kunduz fig’ondur, fig’on. Netong chiqmasa Munis ul ko’ydin, Ki, ul anda g’amdin omondur, omon. Vahki, mendin ishq aro ozurdajonroq yo’q kishi... Vahki, mendin ishq aro ozurdajonroq yo’q kishi, Husn aro sendek dog’I nomehribonroq yo’q kishi. Kimga za’fim shiddatin zohir qilurmen munglashib, Chu o’zumdek g’am chekardin notavonroq yo’q kishi. Seli ashku g’am yiqibdur jism ila ko’nglum uyin, Men kibi ushshoq aro bexonumonroq yo’q kishi. Jonlar isoring qilib ko’rdum jafo, vahkim, sanga, Necha qilsam yaxshilik, mendin yomonroq yo’q kishi. Uzv-uzvimdin fig’onlar bosh chekibtur til kibi, Ishq asrorig’a mendin tarjimonroq yo’q kishi. Ishq o’ti Munis vujudin kuydurubdur o’ylakim, Emdi andin o’zga benomu nishonroq yo’q kishi. Vahki, ul zolim meni mazlumga qotil hanuz... Vahki, ul zolim meni mazlumga qotil hanuz, Ya’ni ag’yorimg’a yuz ming mehr ila moyil hanuz. Yoshurun sirrimni demay, xalq anglab, voykim, Aytib anglatmoq bila holimni ul g’ofil hanuz. Vah, nechuk bahr erdi hijronkim, minib g’am zavraqin, Har necha qat’ aylaram, mavjud emas sohil hanuz. Ko’zu ko’nglumdin balog’a qoldim, ore, kimsaga Sud yetkurgan emas ahbobi noqobil hanuz. Nafyi ilmi ishq etib, qilmoq nedur isboti vavq, Kelmamish, zohid, jahong’a sen kibi johil hanuz. Muniso, hushing bor ersa, dahri dun tarkini tut Kim, oning bo’lg’on emastur moyili oqil hanuz. Yigit Munis, talab et kamol erursen chu yigit Kim, yaxshidur etsa fazl uchun qayg’u yigit. O’q qilg‘on ishin yo qila bilmas hargiz, Qarilar ila barobar o‘lg‘aymu yigit. — Source: https://wikisource.org (works of Shermuhammad Munis). Downloaded from uzbekai.com.