Balo ko’hsorining farhodi men-men... Shermuhammad Munis Balo ko’hsorining farhodi men-men, Junun tasvirining behzodi men-men. Jahonda har qachonkim bo’lsa paydo Agar sho’re, aning bunyodi men-men. G’amu mehnatga bor ersa aro’se, Bilinglarkim, aning domodi men-men. Netong Majnun mening shogirdim o’lsa, Ki, ishq atfolining ustodi men-men. Ko’ngulda zaxmlardurkim, falakning Nishoni novaki bedodi men-men. Mening nolamg’a xud sho’xe sababdur, Vale el boisi faryodi men-men. Qurub hijron tuzoqini hamisha, Balolar saydining sayyodi men-men. Vafoda muddaiylardur mutei, Jafo aylar chog’I munqodi men-men. Jununda, Muniso, murshidlig’ etsang, Aning shoyistai irshodi men-men. — Source: https://wikisource.org/wiki/Balo_ko%E2%80%99hsorining_farhodi_men-men.... Downloaded from uzbekai.com.