Base g’am boridin chekmish og’irni... Shermuhammad Munis Base g’am boridin chekmish og’irni, Yog’ir bo’lmish hazin ko’nglim yog’irni. Falak g’am yuklarin solg’onda elga, Yog’irnimg’a mening qo’ymish og’irni. Bilursan g’am yukin ko’p chekkanimni Yog’irnim ustida ko’rsang yog’irni. Iting ko’rsam, manga uns aylasun deb, Berurman gah ko’nguln, gah bog’irni. Raqib ollingda bo’lmoqdin hazinman, Tilarman ko’rmasam ul bo’lmog’irni. Zamon ahlig’a bo’lmish shikva oyin, Netong, sevsam agar gungu sog’irni. Najote istasang Munisg’a g’amdin, Ayoqchi, tut anga har dam chog’irni. — Source: https://wikisource.org/wiki/Base_g%E2%80%99am_boridin_chekmish_og%E2%80%99irni.... Downloaded from uzbekai.com.