Bordim sari ko’yingg’avu hirmon bila yondim... Shermuhammad Munis Bordim sari ko’yingg’avu hirmon bila yondim, Vaslingni tilab, mehnati hijron bila yondim. Bordim labi xandon bila tavfi haramingg’a, G’amgin ko’ngulu diydayi giryon bila yondim. Og’zingni tilab, zulfinga jon bo’ldi giriftor, Diljam’ borib, holi parishon bila yondim. Mendan asare istamangiz juz bir ovuch kul Kim, ishq kibi otashi so’zon bila yondim. Munis kibi vasling tilab, topmadim oxir, Maqsudima bir yetmadim, armon bila yondim. — Source: https://wikisource.org/wiki/Bordim_sari_ko%E2%80%99yingg%E2%80%99avu_hirmon_bila_yondim.... Downloaded from uzbekai.com.