Do‘stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz... Shermuhammad Munis Do‘stlar, mensiz dame ohangi ishrat qilmangiz, Siz ichib sahbo, meni xunxori hasrat qilmangiz. Gar muyassar bo‘lsa bir mahbub ila bazmi nishot, Mensizin suhbat tuzarga mayl-u rag’bat qilmangiz. Topsangiz bazmi visoli, anda yod etmay meni, Zor ko‘nglumni asiri dog’i furqat qilmangiz. Men kibi yo‘qdur aroda, mankub-u maxmuri aysh, Kimsaga mandin ziyoda boda shafqat qilmangiz. Ahli donish birla har dam aylangiz bazmi kitob, Jami nodonlar bila izhori ulfat qilmangiz. Do‘st uldurkim, yomon kun yuz evurmas do‘stidin, Munis ahvolin ko‘rub tarki muhabbat qilmangiz. — Source: https://wikisource.org/wiki/Do%E2%80%98stlar%2C_mensiz_dame_ohangi_ishrat_qilmangiz.... Downloaded from uzbekai.com.