G’unchalar ochildi-yu, ko’nglum ochilmaydur hanuz... Shermuhammad Munis G’unchalar ochildi-yu, ko’nglum ochilmaydur hanuz, Bulbuloso xotirim gul mayli qilmaydur hanuz. Za’f aro ushshoqg’a ibrat bo’lubman, ohkim, Ko’zga ahvoli nizorim yor ilmaydur hanuz. Va’dayi vasl aylab erdi, ayladi ta’xir ko’p, Yo ibo qildi-yu, yo yodig’a kelmaydur hanuz. Pesha aylab charx zoli tinmayin tun-kun dame Dilbarimcha javr oyinini bilmaydur hanuz. Yerni ashkim g’arq etib, zo’r etti ohim sarsari, Nedin erkandur falak toqi yiqilmaydur hanuz? Yuz nadomat birla emdi o’zni o’ltursam, netong, Sajda qilmoqliqg’a boshim bir egilmaydur hanuz. Ixtiyor etsa agar Munis yana sargashtalik, Pand qilmangkim, jununidin oyilmaydur hanuz. — Source: https://wikisource.org/wiki/G%E2%80%99unchalar_ochildi-yu%2C_ko%E2%80%99nglum_ochilmaydur_hanuz.... Downloaded from uzbekai.com.