Istading, ey dil, ko’zin, joning kerakmasmu sanga... Shermuhammad Munis Istading, ey dil, ko’zin, joning kerakmasmu sanga? Kufri zulfin sevding, imoning kerakmasmu sanga? Dardu g’am seli bila buzding ko’ngil koshonasin, Ey malohat ganji, vayroning kerakmasmu sanga? Jam’ etib, o’tlug’ ko’ngullarni muqayyad aylading, Halqayi zulfi parishoning kerakmasmu sanga? Tiyri g’amzang muddaiy ko’ngliga zoye’ qilmakim, Ul xadafdur xora, paykoning kerakmasmu sanga? Sarsari ohimni, ey gardun, qilursan tundu tez, Mash’ali xurshedi raxshoning kerakmasmu sanga? Ey gul, aylarsan jafo xorin urub, Munisga javr, Andalibi dilkash ilhoming kerakmasmu sanga? — Source: https://wikisource.org/wiki/Istading%2C_ey_dil%2C_ko%E2%80%99zin%2C_joning_kerakmasmu_sanga.... Downloaded from uzbekai.com.