Ko’ngluma bir gul g’amidin sonchlibdur xorlar... Shermuhammad Munis Ko’ngluma bir gul g’amidin sonchlibdur xorlar, Ohkim, har xoridin jonimdadur ozorlar. Aylamish ko’nlumni majnun jilvayi laylivashi Kim, asiri g’amzasidurlar pariruxsorlar. Turfa ayyoreki, din naqdin olurda turrasi, O’rganurlar andin o’g’riliq ishin tarrorlar. Gardishi chashmidadur kayfiyati davri qadah, Men bilibdurmanki, bilmaslar ani hushyorlar. Muniso, ag’yor gar hamsuhbat o’lsa yor ila, Bo’lma mahzun, hamdami gul bo’lg’usidur xorlar. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%99ngluma_bir_gul_g%E2%80%99amidin_sonchlibdur_xorlar.... Downloaded from uzbekai.com.