Vahki, ul zolim meni mazlumga qotil hanuz... Shermuhammad Munis Vahki, ul zolim meni mazlumga qotil hanuz, Ya’ni ag’yorimg’a yuz ming mehr ila moyil hanuz. Yoshurun sirrimni demay, xalq anglab, voykim, Aytib anglatmoq bila holimni ul g’ofil hanuz. Vah, nechuk bahr erdi hijronkim, minib g’am zavraqin, Har necha qat’ aylaram, mavjud emas sohil hanuz. Ko’zu ko’nglumdin balog’a qoldim, ore, kimsaga Sud yetkurgan emas ahbobi noqobil hanuz. Nafyi ilmi ishq etib, qilmoq nedur isboti vavq, Kelmamish, zohid, jahong’a sen kibi johil hanuz. Muniso, hushing bor ersa, dahri dun tarkini tut Kim, oning bo’lg’on emastur moyili oqil hanuz. — Source: https://wikisource.org/wiki/Vahki%2C_ul_zolim_meni_mazlumga_qotil_hanuz.... Downloaded from uzbekai.com.