Ey, xush ul umreki, o’tsa bir necha shaydo bilan... Soʻfi Olloyor Ey, xush ul umreki, o’tsa bir necha shaydo bilan, Tanlari xalq ichra bo’lsa, dillari mavlo bilan. Bag’ri biyron, ko’zlari giryon yoronlarni qo’yub, Hayf o’shal umreki, o’tsa biznidek rasvo bilan. Jon fidoyi ul birodarkim, bu dunyo mulkidin Ko’rmasa bir pul yuzini, o’tsa istig’no bilan. Ajdaho birlan to’qush qilg’on kishini er demang, Er o’shal erdurki, tursa bandalik tamg’o bilan. Toki, Olloyor, istarsan tiriklik izzatin, Qoch o’shal tandinki, fikri bo’lmasa tanglo bilan. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ey%2C_xush_ul_umreki%2C_o%E2%80%99tsa_bir_necha_shaydo_bilan.... Downloaded from uzbekai.com.