Jon agar hamsuhbati tandur, jahonda g’am yema... Soʻfi Olloyor Jon agar hamsuhbati tandur, jahonda g’am yema, Bul aziz mehmon borinda g’ussai olam yema. Bir qarishlik yo’lga kirsang, qo’yma beyo’ldosh qadam, Bir maviz ollingda hozir bo’lsa, behamdam yema, Ikki kunlik lazzati dunyoyi bepoyon uchun Fikr etib g’am tu’masini, ey bani Odam, yema, Tangdast o’ldum deb, Olloyor, ko’b fikr etmag’il, Yuz nadomat birla olamdin ketarsan, g’am yema. — Source: https://wikisource.org/wiki/Jon_agar_hamsuhbati_tandur%2C_jahonda_g%E2%80%99am_yema.... Downloaded from uzbekai.com.