Gar ul oyning bazmi vaslida bo‘lur ag‘yor jam... Tabibiy Ahmad Gar ul oyning bazmi vaslida bo‘lur ag‘yor jam’, Rashkdin bo‘lg‘usi jonimda g‘amu ozor jam’. Emdida jam’ aylayin xotir, nechukkim aylamish Ishvau, nozu, adou, g‘anju, sheva yor jam’. Bir kecha, ey sho‘x, kelkim maqdaming osorig‘a. Aylamishdur didai giryon duri shahvor jam’. Yig‘namish bog‘ingni ko‘nglum ul siFat shavq ila kim. Hirs ahli aylagaylar dirhamu dinor jam’. Bordurur yuz fitna chun sharru fasodi boisi, Dilda kina qilmag‘il, oqil esang, zinhor jam’. Fazl jam’ et lekin el ozoridin g‘am yemakim, Tosh yegay boshg‘a yag‘och chun ayladi asmor jam’. Har biri mas’ud bir farzandi dilbanding erur, Ey Tabibiy, aylagil jon boricha ash’or jam’. — Source: https://wikisource.org/wiki/Gar_ul_oyning_bazmi_vaslida_bo%E2%80%98lur_ag%E2%80%98yor_jam.... Downloaded from uzbekai.com.