Olamga boqsang hosili boshdin-ayoq, kulfat erur... Tabibiy Ahmad Olamga boqsang hosili boshdin-ayoq, kulfat erur, Bir rohatnning keynida behaddu son mehnat erur. Bir oshiqikim lahzai topsa visoli dilbarin, Doim hamul bechorag‘a, so‘ngra g‘ami furqat erur. Har kimsakim komi dilin gar topsa ondin har nafas, Oning nasibi borho hirmon bila hasrat erur. Yo‘qdur jahong‘a z’timod ushbu jihatdin, ey ko‘ngul, Kim inqilob etmak anga davron aro odat erur. Hargiz Tabibiy ko‘nglinga kelturma fikri beshu kam, Kim oni sevmas dahr aro har kimikim xushbaxt erur. — Source: https://wikisource.org/wiki/Olamga_boqsang_hosili_boshdin-ayoq%2C_kulfat_erur.... Downloaded from uzbekai.com.