Tutmag‘on bo‘lsa manga nazm ichra ruhi Jomiy jom... Tabibiy Ahmad Tutmag‘on bo‘lsa manga nazm ichra ruhi Jomiy jom, Ne uchun sur’at bila degum Navoiydek kalom. Hofizi Sherozdin fayzi manga yetmas esa, Bas nedin ash’oridin fayzi manga yetur mudom. Sa’diyi shirin zabondin topmagan bo‘lsam madad, Huzn ila xushnudliqni teng nechun ko‘rgum tamom. Ko‘rmasam Mirzoyi Bedil iltifotin, ne uchun, Vaqt aro so‘z bila nazm aylagumdur intizom. Boqmas ersa ishq ichra buki maston shoh manga, So‘z mayidin bo‘lmas erdim bu sifat masti mudom. Ruhi qudsiy kimsaga kim qilmas ersa tarbiyat, So‘ziga ta’sir qaydin olgusidur subhu shom. Gar masih anfosidin firuza hosil qilmasa, Qay Tabib o‘lgusi hoziq xastaga, ey neknom. — Source: https://wikisource.org/wiki/Tutmag%E2%80%98on_bo%E2%80%98lsa_manga_nazm_ichra_ruhi_Jomiy_jom.... Downloaded from uzbekai.com.