Vah ne xush o‘lg‘usi durur aylab karam dildor subh... Tabibiy Ahmad Vah ne xush o‘lg‘usi durur aylab karam dildor subh, Gulshanda ichsa sen bila gar sog‘ari sarshor subh. Chun subh uyqusi erur albatta nakbat mujibi, G‘aflatda hargiz yotmag‘il oqil esang zinhor subh. Har necha qolsang dardu g‘am ichra parishon bo‘lmakim, Nechunki shomi tiyraning boqsang so‘ngida bor subh. Ko‘nglingga, eykim, istasang andoza ishrat tuz tarab Dildorning ilgin tutub sayr aylagil gulzor subh. Sen ham, Tabibiy, uyqug‘a mayl aylamay olam aro, Aylab musaffo xotiring qil fikrat-i ash’or subh. — Source: https://wikisource.org/wiki/Vah_ne_xush_o%E2%80%98lg%E2%80%98usi_durur_aylab_karam_dildor_subh.... Downloaded from uzbekai.com.