Turdi Turdi Ayo miri valiniamiyi kiromi ot in’omi... Ayo miri valiniamiyi kiromi ot in’omi, Yuzini ko‘rmaga hasratda bo‘ldum eshitib nomi. Ne yolg‘uz ot edi ummid yuz in’om, ihsondin, Ki nobuda xayoli shahdg‘a shirin edib komi. Ne gardiga yetishdim, ne boqib ko‘rdim qarosini, Samandi umrdin, bodi nafasdin tez ekan gomi. Bila olmon bu duldul raxshi Rustam yo parizodi, Ki odam o‘g‘liga rom o‘lmagan, ne yerda oromi? Sharofat adlu ihson, bovujudi kasrati kufri, Qolib No‘shirvon Hotamning olamda neku nomi. Hazora qal’asinda jam’i xosu om arosida, Zaboni purdurar boringdin eshitdim bu payg‘omi. O‘shal tarixdin o‘n oy o‘tub yilga qadam qo‘ydi. Ki ne og‘ozini bildim yaqin, ma’lum anjomi. Meni(ng) ozoda boshimni giriftori tama’ qilding, Mudomat bermas o‘lsang nega berding va’dai xomi? Necha yeldim, yugurdum bo‘lmadi xosiyati ma’lum, Quruq ovozai in’omi mahzu ot badnomi. Bir sari azm ayla, joyi nomusulmondur bu mulk... Bir sari azm ayla, joyi nomusulmondur bu mulk, Fitnai avbosh, zulmu kufru tug‘yondur bu mulk. Bir kalima hurmatidin lek islom oti bor, Mutlaqo kirdori xayli kofiristondur bu mulk. Dur ahdu tang chashmu besaru ya’juj vaz’, Muxtalif mazhab guruhi o‘zbakistondur bu mulk. Naqdi jon bersang topilmas istasang bir zarra aysh, Mshnatu anduhni so‘rsang, farovondur bu mulk. Joyi islomu musulmonlig‘, Farog‘iy, istama, Poytaxti kishvari Subhonqulixondur bu mulk. Davri umrimda balo bog‘lab, qazo payvasta saf... Davri umrimda balo bog‘lab, qazo payvasta saf, Sobiram, rozi rusumi payravi ahli salaf, Shokiram, koni’ dami yo‘qluq takalluf bartaraf, Keldi iyd, obilai g‘am jinsi hozir naqd kaf, Kulbai ehzonima so‘zi jigardin bo‘yi taf. Ro‘zi avval dardu g‘amdin xilqati obu gilim, Pora-pora bag‘rimu qondin yarotilg‘on dilim, Rohi selobi havodisga maqomim, manzilim, Hech yo‘q g‘ayri pushaymonliqdin o‘zga hosilim, Umrni g‘aflatda etgan, moli g‘oratg‘a talaf. Raxnai devori tandin umr raxshin sakratib, Tezravi bodi nafasdin gohi ko‘z yumdum o‘tub, G‘arq o‘ldum domani behosili sohil bo‘lub, Qatrai naysoni selobi sirishkimdin yutub, Ayladim quti ko‘ngul bahrinda monandi sadaf. Ne oyoq, ne boshig‘a yetdim, saropo istadim, Qoldim ikki yo‘lning o‘rtasida hamro istadim, Bazm bir sargarm hoy-hoyi urdo istadim, Halqai doirai ushshoqda jo istadim, Aydilar: qaddingni chang et, po‘sti jismingni daf. Resha-resha poy istidloldindur domanim, Oh beta’sir faryodu fig‘onim, shevanim, Kasrati za’f etdi jismi notavon parvizanim, Un-un o‘ldi ustuxon, hech yerda yetishmas unim, Tig‘i ohimdin labi xohishgarim o‘ldi asaf. Oh bu hasrat asosi ko‘hna koxi besukun, Vodiyi dorul-g‘ururu maskani makru fusun, Hech bildingmu na eltdilar kelib sandin burun, Qo‘ymag‘il omodai tonglog‘a, sarf etgil bukun, Molu dunyodur nasibi vorisu yokim talaf. Joyi osoyish emas hech kima bu qo‘hna ravoq... Joyi osoyish emas hech kima bu qo‘hna ravoq Yog‘dirur boshimiza sangi jafo, gardi firoq Yo‘qolib rasmi vafo bo‘ldi hama boshu oyoq Mulkdin adlu karam ketdi kelib kiynu nifoq Yaxshiliq qilma tama’ zulm ila to‘ldi ofoq. Fitnai sho‘r hama ruo’ila maskun tutdi Xo‘blar masnadini sifla bilan dun tutdi. Tahbatah ko‘nglumi bu fikr bila xun tutti Joyi shohbozlari qarg‘au quzg‘un tutti Hamnishin o‘lg‘ali shunqor ila doim yapaloq. Shoh hambazm o‘lub hojasarolar bila yor Hukmi bir aks surub bo‘ldi yomonlar sardor Xor o‘lub olimu rindu fuzalo birla kibor Ko‘ringiz yurtni ishi topti na yerlarga qaror Xon jilavini iki um valadga berib bo‘ldi inoq. Ixtiyorin barining qavlig‘a baydat olg‘ay Har biri aysh ila qonun tana’um cholg‘ay Mulkni niyku badi maslahatining qilg‘ay Odami zodalari qadrini qaydan bilg‘ay Bari nokas barisi xodimi idris to‘qmoq. Fuqaro boshig‘a yetdi bu aqlsiz shumlar Hamdami shoh bo‘lub ahli tahakkum bumlar Qani bir er chiqib aylasa ma’dum humlar Yurtni boshini chaynab yedi bu bedumlar Solsa bu ahmaq guhxo‘rlari bo‘yniga tuzoq. Shoxliq uldur oni hukmu so‘zi bir kerak Adl bobimi qurub rost nishon tiyr kerak Rostrav, dini durust peshasi tadbir kerak Ne muhannas sifatu suvrati tag‘yir kerak Suvrati mardu xotundek yasatib qoshu qaboq. Na adolat bor ul shohda o‘lg‘ay lo‘li zoy Hamdami boyloqu kengash begisi hojasaroy Mardlig‘ yo‘qtur angakim qarasang sar topoy Shohning xizmatin etib tuzadur sikkizi oy Toshkand mulkida olg‘or yotar ochu qashoq. Qani bir xisravi odilki, anga dod etsam So‘rsa ahvolni g‘am xirmanining bod etsam Domi mehnatkadadin ko‘nglimi ozod etsam Bu buzulg‘an dili vayronami obod etsam Aylasam bo‘si adab shoha kuyub qaydi oyoq. Ey yuzi qora, ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar beglar Bilingiz bu so‘zimi pandi sarosar, beglar Aylangiz payravi shar’i payambar, beglar Sizga darkor bu yurt, ey gala zanglar, beglar Bu qadim naql erur: el rabotu to‘ra qo‘noq. Edingiz barchangiz itdek fuqaroning etini G‘asb ila molin olib qo‘ymadingizlar bitini Qamchilar dog‘i solib bo‘yniga, tilib betini Yordingiz zahrasini ichidin olib o‘tini Bo‘lmadi bu kam ra’iyyat boshidin hech tayoq. Etmadim hech bira bu qofiya paymolig‘din Dod, yuz dod g‘ariblig‘, g‘ami tanholig‘din Ko‘rmadim manfaate behuda savdolig‘din Yo‘q so‘qqa boshimdin o‘zga manga dunyolig‘din Kosh, ul g‘ari zanlar solsa quruq so‘zga quloq. Kuyar til shammai gar holatimdin aylasam taqrir... Kuyar til shammai gar holatimdin aylasam taqrir, Giribon chok o‘lur etsa qalam dardi dilim tahrir. Shabi hijroniming poyoni tay o‘lmaz, toyiri gardum Mahu xurshed o‘lub ikki qanoti aylasa shabgir. Tului subhdin navmed, ming tunlar yaqo yirtib, Savodi shomi g‘amdin sori baxtim xomai taqdir. Musulmon bilma aslo hech mazhab yo‘lida o‘zbak... Musulmon bilma aslo hech mazhab yo‘lida o‘zbak, Bularning kufrig‘a bil-ittifoqi jumla yo‘qdur shak. Ne mazhab, qayei din o‘z mulkin o‘zi xarob etgay? Erurlar mufsidul-arz az azal bu firqai badrak. Atolur hoji kofir Makka borib haj qilib kelsa, K-i hargiz o‘zga bo‘lmas haq yo‘lin yurgan bilai eshshak. Ko‘rub zohirda oni shayxu so‘fi e’tiqod etma, Kirib masjidga chiqmak birla quymas go‘ng yemakni sak. Muxammasi turki dar viloyati Xo‘jandi Jubrandiva Suprandi noma dar asri Oqbo‘tabiyi shahid tahrir namud... Yod mandin kim berur: yaxshi zamonlar Ko‘rdiman, Rind sarxayli-yu xush ayshi damodam surdiman, Halqayi ushshoqda bazmi majolis qurdiman, Mushti xokam, davr-u davronlar(ni lekin) Ko‘rdiman, Xushdimog‘ etgan mayi sofi hariflar durdiman. Qilmadim shukronaye, soldurdi tufrog‘ oshima, Qolmadi juz dard-u g‘am hamdam, musohib qoshima, Haq o‘zi rahm aylag‘ay ohi sahar, ko‘z yoshima, Tafriqa toshini yog‘durdi zamona boshima, Xonumon ovora, selobi havodis surdiman. Nozili hukmi qazo hech kim rad-u man etmadi, Barcha bo‘yniga solan bu rishtani qat etmadi. Ahli hole topmadim, boshdin balo daf etmadi, Kulfati g‘urbatni tuzluk sunnati raf etmadi, Xor-u beqadramki, inson otanib, Jubrandiman. Voqife yo‘q, bu musofirlig‘da mandin ne o‘tar, Baski yuz ko‘yi bila ro‘ze kelib, ro‘zi ketar, O‘zmag‘ay mundin baloye, bo‘lmag‘ay mundin batar, Aqrabolar suhbatimdin or etar, qoshin chatar, Salb dillarda, nazarlarda karih suprundiman. Yaxshi vaqtlar yod etib, o‘zdin ketib, eldin qolib, Harza tifli ashkdek ayni nazarlardin solib, Nosara dirham sifatliq rad qilib, qo‘lg‘a olib, Dasta farsuda, yuzi qaytib, ayag larda qolib, Ko‘hna tig‘i tah-batah g‘am zangi tutg‘an kundiman. Oh, bu umri kiromi sarfi g‘aflat ayladim, G‘ussayi behuda asbobi nadomat ayladim, Bilmadim o‘z aybimi xalqqa mazammat ayladim, Shukr shahdin bilmadim, kufroni ne’mat ayladim, Zaxmi neshi ro‘zg or ahlini talx-u tundiman. Hukm jori, so‘z qabuli, bir duri dar go‘sh edim, Ahli davlatlar bilan yor-u harif, hamdo‘sh edim, Hoy-u ho‘yi bazmlarda shahdi no‘sho-no‘sh edim, Xush zamonlar Yuz qazoni boshida sarjo‘sh edim, Bu zamon yavg‘on qozon ostida qolg‘on yundiman. Charxi dun qildi manga javr-u jafolar behisob, Gardishi davron berur har lahza yuz ming pech-u tob, Har sori yeldim-yugurdim suvsanib mavji sarob, Tashna lab, gardi kudurat zeri poyinda xarob, Bahri davlatdin yiroq gardanshikasta mo‘ndiman. Kasrati yo‘qluq, tama kettirdi qadr-u qiymatim, Yuz sarig‘lig yerga urdi obro‘-yu izzatim, G‘ayrdin izhori matlab ayladi dun fitratim, Aql zoyil, umr kam, besh o‘ldi dard-u mehnatim, Davlat urg‘an pushti po, baxti (qaro suprindiman). Man kimam? Gumnom-u nokom-u jahon ovoraye, Diyda namnoku giribon chok-u bag‘ri poraye, Noqabuli marham-u nosur, bitmas yoraye, Bekase, mushti xase, bir bandayi bechoraye, Sobiram, rozi qazo, tiyri balog‘a ko‘ndiman. Xeshman, darvish-u miskin, mustahiq devonadin, Bahramand et iltifot-u himmati mardonadin, San turub loyiqmidur qilmoq tama begonadin, Qiblagoho, mandin ikroh etma bir mayxonadin, Jo‘sh bir xum sof maysan, man g‘ubor-u durdiman. Yuz farozidin ozib, tushdum nishebi qirqqa, Xavf-u biym-u vahm arosinda qaribi qirqqa, Dona deb pobast o‘lub, domi g‘aribi qirqqa, Voy, yuz ming voy, yuz bo‘ldim firibi qirqqa, Hokimi Dizzax muteyi payravi jurqundiman. O‘zbak o‘g‘li o‘qusa tafsir ila mishkotni... O‘zbak o‘g‘li o‘qusa tafsir ila mishkotni, Ro‘z savmu shab qiyom afzun etib tootni. Etsa toroji havodis, jam’ o‘lub avbosha der: «Sahmgin solib suron ur, molin olg‘il sortni». Bir piyoda ko‘rsa shatranji bisoti dahrda Zulmu javr aylar muxayyo, soz etib luchmotni. Der: «Qachon o‘z shavqim ila mu’takif masjiddaman, Iltizom ettim bu ish nochor yo‘qdin otni». Tana’umning nadomatsiz, tamoshoning talahhufsuz... Tana’umning nadomatsiz, tamoshoning talahhufsuz, Jahon istab yururda ko‘rmadim bir tan taassufsiz. Haqiqatbingadur juzvu kulu har zarra bir xurshed, Guharni bilma xoli qatradin,. har chahni Yusufsiz. Tafakkur vartasinda mahv o‘lub kirdim jahon sori, Harifi topmadim olamda yo‘qluqdin takallufsiz. Boshima bir ko‘hi g‘am bir ot kohu yemndin, Bir ko‘ngul yuz pora yo‘qlo‘q za’fi vahmu biymidin. Qad bukub, bo‘ynum egib, tegdi oyoqlarga boshim, Ahli dunyo poybo‘si xizmatu ta’zimidin. Dil—kabobim, qon—sharobim, ashki hasrat — nuqli bazm, Etti qassomi azalning xizmati tan’imidin. Tor ko‘ngulluk beklar... Tor ko‘ngulluk beklar, man-man damang, kenglik qiling, To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidur, tenglik qiling. Birni Qipchoq-u Xitoy-u birni Yuz, Nayman damang, Qirq-u Yuz, Ming son bo‘lub bir jon oyinlik qiling. Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to‘ng‘a kirib, Bir o‘ngurluk, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling. Kim qo‘yubdur, uhdayi o‘z mulkungizdin chiqmayin, Ikki, uch, to‘rt da’visin etmakni, ko‘tahlik qiling. Mardlar maydon chekib, rangin ko‘torib zaxmlar, Sizga yo‘q ul javhare yuzga upo-englik qiling. Turdiman Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman, Kelturan amvojg‘a bahri talotum Turdiman. Qirq, Yuz, Ming aqrabolar etdilar mandin nufur, Ne balo baxti qaro-yu toleyi shum Turdiman. Rishtadek ming pech-u tob jismi so‘zondin o‘tar, Bovujudi e’tibori chashmi mardum Turdiman. Turkona xirom ayladi... Turkona xirom ayladi ul sho’xi diloro, Dil mulkini bir go’shai chashm ayladi yag’mo. Tufrog’da jon bitsa ravodur, na ajab gul, Cho’x sarvi sihi etdi nihon ko’zlari shahlo. Har qanda g’ami do’sti dilporani istar, To subh yaqo yirtmadi, mehr o’lmadi paydo. — Source: https://wikisource.org (works of Turdi). Downloaded from uzbekai.com.