Ayo miri valiniamiyi kiromi ot in’omi... Turdi Ayo miri valiniamiyi kiromi ot in’omi, Yuzini ko‘rmaga hasratda bo‘ldum eshitib nomi. Ne yolg‘uz ot edi ummid yuz in’om, ihsondin, Ki nobuda xayoli shahdg‘a shirin edib komi. Ne gardiga yetishdim, ne boqib ko‘rdim qarosini, Samandi umrdin, bodi nafasdin tez ekan gomi. Bila olmon bu duldul raxshi Rustam yo parizodi, Ki odam o‘g‘liga rom o‘lmagan, ne yerda oromi? Sharofat adlu ihson, bovujudi kasrati kufri, Qolib No‘shirvon Hotamning olamda neku nomi. Hazora qal’asinda jam’i xosu om arosida, Zaboni purdurar boringdin eshitdim bu payg‘omi. O‘shal tarixdin o‘n oy o‘tub yilga qadam qo‘ydi. Ki ne og‘ozini bildim yaqin, ma’lum anjomi. Meni(ng) ozoda boshimni giriftori tama’ qilding, Mudomat bermas o‘lsang nega berding va’dai xomi? Necha yeldim, yugurdum bo‘lmadi xosiyati ma’lum, Quruq ovozai in’omi mahzu ot badnomi. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ayo_miri_valiniamiyi_kiromi_ot_in%E2%80%99omi.... Downloaded from uzbekai.com.