Joyi osoyish emas hech kima bu qo‘hna ravoq... Turdi Joyi osoyish emas hech kima bu qo‘hna ravoq Yog‘dirur boshimiza sangi jafo, gardi firoq Yo‘qolib rasmi vafo bo‘ldi hama boshu oyoq Mulkdin adlu karam ketdi kelib kiynu nifoq Yaxshiliq qilma tama’ zulm ila to‘ldi ofoq. Fitnai sho‘r hama ruo’ila maskun tutdi Xo‘blar masnadini sifla bilan dun tutdi. Tahbatah ko‘nglumi bu fikr bila xun tutti Joyi shohbozlari qarg‘au quzg‘un tutti Hamnishin o‘lg‘ali shunqor ila doim yapaloq. Shoh hambazm o‘lub hojasarolar bila yor Hukmi bir aks surub bo‘ldi yomonlar sardor Xor o‘lub olimu rindu fuzalo birla kibor Ko‘ringiz yurtni ishi topti na yerlarga qaror Xon jilavini iki um valadga berib bo‘ldi inoq. Ixtiyorin barining qavlig‘a baydat olg‘ay Har biri aysh ila qonun tana’um cholg‘ay Mulkni niyku badi maslahatining qilg‘ay Odami zodalari qadrini qaydan bilg‘ay Bari nokas barisi xodimi idris to‘qmoq. Fuqaro boshig‘a yetdi bu aqlsiz shumlar Hamdami shoh bo‘lub ahli tahakkum bumlar Qani bir er chiqib aylasa ma’dum humlar Yurtni boshini chaynab yedi bu bedumlar Solsa bu ahmaq guhxo‘rlari bo‘yniga tuzoq. Shoxliq uldur oni hukmu so‘zi bir kerak Adl bobimi qurub rost nishon tiyr kerak Rostrav, dini durust peshasi tadbir kerak Ne muhannas sifatu suvrati tag‘yir kerak Suvrati mardu xotundek yasatib qoshu qaboq. Na adolat bor ul shohda o‘lg‘ay lo‘li zoy Hamdami boyloqu kengash begisi hojasaroy Mardlig‘ yo‘qtur angakim qarasang sar topoy Shohning xizmatin etib tuzadur sikkizi oy Toshkand mulkida olg‘or yotar ochu qashoq. Qani bir xisravi odilki, anga dod etsam So‘rsa ahvolni g‘am xirmanining bod etsam Domi mehnatkadadin ko‘nglimi ozod etsam Bu buzulg‘an dili vayronami obod etsam Aylasam bo‘si adab shoha kuyub qaydi oyoq. Ey yuzi qora, ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar beglar Bilingiz bu so‘zimi pandi sarosar, beglar Aylangiz payravi shar’i payambar, beglar Sizga darkor bu yurt, ey gala zanglar, beglar Bu qadim naql erur: el rabotu to‘ra qo‘noq. Edingiz barchangiz itdek fuqaroning etini G‘asb ila molin olib qo‘ymadingizlar bitini Qamchilar dog‘i solib bo‘yniga, tilib betini Yordingiz zahrasini ichidin olib o‘tini Bo‘lmadi bu kam ra’iyyat boshidin hech tayoq. Etmadim hech bira bu qofiya paymolig‘din Dod, yuz dod g‘ariblig‘, g‘ami tanholig‘din Ko‘rmadim manfaate behuda savdolig‘din Yo‘q so‘qqa boshimdin o‘zga manga dunyolig‘din Kosh, ul g‘ari zanlar solsa quruq so‘zga quloq. — Source: https://wikisource.org/wiki/Joyi_osoyish_emas_hech_kima_bu_qo%E2%80%98hna_ravoq.... Downloaded from uzbekai.com.