Musulmon bilma aslo hech mazhab yo‘lida o‘zbak... Turdi Musulmon bilma aslo hech mazhab yo‘lida o‘zbak, Bularning kufrig‘a bil-ittifoqi jumla yo‘qdur shak. Ne mazhab, qayei din o‘z mulkin o‘zi xarob etgay? Erurlar mufsidul-arz az azal bu firqai badrak. Atolur hoji kofir Makka borib haj qilib kelsa, K-i hargiz o‘zga bo‘lmas haq yo‘lin yurgan bilai eshshak. Ko‘rub zohirda oni shayxu so‘fi e’tiqod etma, Kirib masjidga chiqmak birla quymas go‘ng yemakni sak. — Source: https://wikisource.org/wiki/Musulmon_bilma_aslo_hech_mazhab_yo%E2%80%98lida_o%E2%80%98zbak.... Downloaded from uzbekai.com.