O‘zbak o‘g‘li o‘qusa tafsir ila mishkotni... Turdi O‘zbak o‘g‘li o‘qusa tafsir ila mishkotni, Ro‘z savmu shab qiyom afzun etib tootni. Etsa toroji havodis, jam’ o‘lub avbosha der: «Sahmgin solib suron ur, molin olg‘il sortni». Bir piyoda ko‘rsa shatranji bisoti dahrda Zulmu javr aylar muxayyo, soz etib luchmotni. Der: «Qachon o‘z shavqim ila mu’takif masjiddaman, Iltizom ettim bu ish nochor yo‘qdin otni». — Source: https://wikisource.org/wiki/O%E2%80%98zbak_o%E2%80%98g%E2%80%98li_o%E2%80%98qusa_tafsir_ila_mishkotni.... Downloaded from uzbekai.com.