Tor ko‘ngulluk beklar... Turdi Tor ko‘ngulluk beklar, man-man damang, kenglik qiling, To‘qson ikki bovli o‘zbak yurtidur, tenglik qiling. Birni Qipchoq-u Xitoy-u birni Yuz, Nayman damang, Qirq-u Yuz, Ming son bo‘lub bir jon oyinlik qiling. Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir to‘ng‘a kirib, Bir o‘ngurluk, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling. Kim qo‘yubdur, uhdayi o‘z mulkungizdin chiqmayin, Ikki, uch, to‘rt da’visin etmakni, ko‘tahlik qiling. Mardlar maydon chekib, rangin ko‘torib zaxmlar, Sizga yo‘q ul javhare yuzga upo-englik qiling. — Source: https://wikisource.org/wiki/Tor_ko%E2%80%98ngulluk_beklar.... Downloaded from uzbekai.com.