Turdiman Turdi Qatrayam nochiz, ammo zoti qulzum Turdiman, Kelturan amvojg‘a bahri talotum Turdiman. Qirq, Yuz, Ming aqrabolar etdilar mandin nufur, Ne balo baxti qaro-yu toleyi shum Turdiman. Rishtadek ming pech-u tob jismi so‘zondin o‘tar, Bovujudi e’tibori chashmi mardum Turdiman. — Source: https://wikisource.org/wiki/Turdiman. Downloaded from uzbekai.com.