Turkona xirom ayladi... Turdi Turkona xirom ayladi ul sho’xi diloro, Dil mulkini bir go’shai chashm ayladi yag’mo. Tufrog’da jon bitsa ravodur, na ajab gul, Cho’x sarvi sihi etdi nihon ko’zlari shahlo. Har qanda g’ami do’sti dilporani istar, To subh yaqo yirtmadi, mehr o’lmadi paydo. — Source: https://wikisource.org/wiki/Turkona_xirom_ayladi.... Downloaded from uzbekai.com.