Ubaydullaxon Ubaydullaxon Bir lahza ko’nglum o’lmadi beg’am zamonadin... Bir lahza ko’nglum o’lmadi beg’am zamonadin, To’ydi zamona mendinu men ham zamonadin. Yetmay ko’ngulga shodlig’, ey hamdamim,yetar, Yuz ming g’amu alam anga hardam zamonadin. Jam’iyatiki bor edi ko’ngul diyorida, Ul dog’i bo’ldi bir yo’li darham zamonadin. Ko’nglum guli bu gulshan aro so’lg’ali dame, Umrim niholi bo’lmadi xurram zamonadin. Marham jarohatingg’a, Ubaydiy, tilarni qo’y, Yetmas jarohat ahlig’a marham zamonadin. Bo’lmas nima olamda adabdin yaxshi... Bo’lmas nima olamda adabdin yaxshi, Ham rohatu ham g’am adabdin yaxshi, Yo’qtur ko’ramen barcha sifatlar orakim, Yaxshi sifat odamda adabdin yaxshi. Do’stlar, ixtiyot gulshanida... Do’stlar, ixtiyot gulshanida Ayshu ishrat bila nishot qiling. Chunki shart o’ldi ixtiyot etmak, Sharti borincha ixtiyot qiling. Do’stning uzrini qabul etmak... Do’stning uzrini qabul etmak Do’stluqning ulug’ nishoni erur. Kimki qilmas qabul uzri aning, Bilkim ul do’stning yomoni erur. Ey do’st, dame bo’lmadi g’amdin qutulub... Ey do’st, dame bo’lmadi g’amdin qutulub, Mazlum kabi zulmu sitamdin qutulub. Faryodu fig’onu ohkim, bo’lmas emish, O’lmay sitamu g’amu alamdin qutulub. Ey jon, g’amu dard poymol o’lg’usidur... Ey jon, g’amu dard poymol o’lg’usidur, Hamdam senga ul toza nihol o’lg’usidur. Zinhor ko’ngulni solma hijronidakim, Hajr o’lsa bu kun, tongla visol o’lg’usidur. Ey ko’ngul, qilma tama ul dilsitondin yaxshiliq... Ey ko’ngul, qilma tama ul dilsitondin yaxshiliq, Notavon jonimg’a ul oshubi jondin yaxshiliq. El ichida yaxshiliq ko’rmaymen ondin, der edim, Ey ko’ngul, men ko’rmadim, kim ko’rgay ondin yaxshiliq. Ey guli ra’no, hazar qil ohi sardimdin mudom, Hech gul ko’rgan emas bodi xazondin yaxshiliq. Mehribonliq ko’rsatib, ko’nglumni oldi oqibat, Shukri lillah, ko’rdum ul nomehribondin yaxshiliq. Ey Ubaydiy, yaxshiliq ko’z tutmayin, ne bok, men, Ne umid etgay kishi mendek yamondin yaxshiliq. Ey muhiblar jannat o’lsun doringiz... Ey muhiblar jannat o’lsun doringiz, Yor bo’lsun dushman uchun doringiz, Solsangiz yo’l baytul ahzonim sori, Bir faqire bor edi deb doringiz. Ey noma, o’zingni vaslig’a yetkura ko’r... Ey noma, o’zingni vaslig’a yetkura ko’r, Ilkini o’pub, yuzingga olib sura ko’r, Men xastalig’imdin ko’ra olmay qoldim, Sen bori aning husnu jamolin ko’ra ko’r. Ey sho’x, meni husnungga hayron qilg’il... Ey sho’x, meni husnungga hayron qilg’il, Yo ishqing aro besaru somon qilg’il. Yo yetkur ayog’ingg’a mening boshimni, Yo soya kabi yer bila yakson qig’il. Gar urush tushsa iki hamdam aro... Gar urush tushsa iki hamdam aro, Bot aning tadbirini etmak kerak. Biridin ayb o’lsa zohir, ul biri Uzr aytib aybini yopmoq kerak. Gul sori qilmon nazar zebo jamoling borida... Gul sori qilmon nazar zebo jamoling borida, Ko’zga olmon sarvni nozik niholing borida. Qilmadi husn ahlig’a hargiz vafo husnu jamol, Qil vafo, ey bevafo, husnu jamoling borida. Istamon hayvon suyin, bosmon, dog’i ichmon ani, Dam-badam jon berguchi shirin ziloling borida. Har sori qilsa azimat, borg’il ul dildor ila, Qolma zinhor ey ko’ngul, andin majoling borida. Ey Ubaydiy, ul parivash vaslini qilg’il xayol, Qilmag’il o’zga xayol ushbu xayoling borida. G’ayrat yuzidin kimki qilich uzra mudom... G’ayrat yuzidin kimki qilich uzra mudom, Olg’usidur mulk arusidin kom. Yor etsa agar adolat etmakni anga, Shak yo’qkim, olur adl ila olamni tom. Har do’stkim ul dushmaningga yor durur... Har do’stkim ul dushmaningga yor durur, Bilkim senga ul yor emas, ag’yor durur. Aylang hazar andinkim aningdek kishida Bir nav’ xayolu, bir balo bor durur. Hijron g’amidin ko’ngul ichi to’ldi yana... Hijron g’amidin ko’ngul ichi to’ldi yana, Ko’nglum uyi qayg’u maskani bo’ldi yana. Hajr o’ldi visol o’rnig’a tole yo’qdin, Naylayki davo dardg’a yuruldi yana. Jon fido qilmay sanga naylayki, jonimsen mening... Jon fido qilmay sanga naylayki, jonimsen mening, Jon bila ko’nglumdin ortuq dilsitonimsen mening. Xoh qil mehru vafo, xohi jafou javr ham, Mehr yo’q mahvashlar ichra mehribonimsen mening. Ey hayotim senga, jismim evida jon naqdini — Sarf qilsam, ayb emaski, mehmonimsen mening. Hamdamimdur fig’on aylarda, ey jon bulbuli, Nola aylab, oh urarda hamzabonimsen mening. Jonfizo la’linnga jon bersam Ubaydiydek hanuz Yovar etmas xo’yi bebok, badgumonimsen mening. Kirsang, ey jonu jahonim tushgasen... Kirsang, ey jonu jahonim tushgasen, Lutf etib ko’nglum uyiga tushgasen, Kelayin deding tong otqach kelmading, Bu dag’i xushturki, kelsang tushga sen. Ko’ngul sanga, ey g’unchai xandon, berayin... Ko’ngul sanga, ey g’unchai xandon, berayin, Kofir ko’zungga din bila imon berayin, Jonimni agar olur xayoling bo’lsa, Kel-ke-lki seni bir ko’rubon jon berayin. Ko’rar ko’zimsan, ey jonu jahonim... Ko’rar ko’zimsan, ey jonu jahonim, Sevar yorim, azizim, mehribonim. Tarahhum qilki, bo’ldi xoki rohing, Tani farsuda, jismi notavonim. Ko’ngul uyin buzar seli sirishkom, Ham o’tluq nolayu ohu fig’onim. Sening ishqingda Majnun qissasidek, El ichra topti shuhrat dostonim. Ubaydiyg’a topilmas olam ichra, Seningdek mushfiq, ey oromi jonim. Ko’rguz manga ul sho’x vafosin, yorab... Ko’rguz manga ul sho’x vafosin, yorab, Ko’rguzma aning manga jafosin, yorab. Yorab, ne duo qilur, sen o’z lutfung ila Bu qulning ijobat et duosin, yorab. Majnun ishidin ul kishikim ogohdur... Majnun ishidin ul kishikim ogohdur, Ushshoq orasinda Ubaydullohdur. Payvasta junun ahli erur hamroh anga, Ul rahbar erur alarg’ayu, ham shohdur. Necha ul oy jonimizg’a javru bedod aylagay... Necha ul oy jonimizg’a javru bedod aylagay, O’zgalarning shod aylab, bizni noshod aylagay. Ko’rsat, ey ko’nglum, borib o’zingni ul dilbarg’akim, Shoyad ul soat seni ko’rgach, meni yod aylagay. Ohkim g’am selidin vayron erur ko’nglum uyi, Emdi ul vayronani kim bo’lg’ay obod aylagay. Ishqi ish andoq qilay davringda, ey laylivashim, Ne oni Majnun qila olg’ay, ne Farhod aylagay. Ey Ubaydiy, yo’qtur andoq dilbari olam aro, Notavon ko’nglumni g’am qaydidin ozod aylagay. Oshiq ermastur kishi devona bo’lmasa... Oshiq ermastur kishi devona bo’lmasa, G’am dashti ichra sokini vayrona bo’lmasa. Ne oshiq o’lg’ay ul kishikim jonu ko’nglini, O’z dilbarig’a sarf etib, afsona bo’lmasa. Kelmas o’ziga oshiqi madhush soqiyo, Ohu fig’onu na’rai mastona bo’lmasa. Bo’ston aro ochilmag’usi g’unchadin ko’ngul, Gul mavsumida bodayu paymona bo’lmasa. G’am kulbasida naylag’ay erding, Ubaydiy, Soqiyu jomu mutribu paymona bo’lmasa. O’rtanur hajr o’tig’a jismi figorim sensiz... O’rtanur hajr o’tig’a jismi figorim sensiz, Kuyadurmen, netay, ey lola uzorim, sensiz. Ravnaqi bog’u bahorim eding, ey sarvi sehi, Topmadi nash’u namo bog’u bahorim sensiz. Har necha ko’kdin o’tub buzdi maloyik ko’nglin Ohu afg’onim ila nolai zorim sensiz. Tufrog’im sovrulubon chiqti quyundek, ey sarv, Sarsari hajr ila gardung’a g’uborim sensiz. Sabr etib qilmas edim nola Ubaydiy yonglig’, Yo’qturur, vah, netayin sabru qarorim sensiz. Qoyin ena davlati yanga erur, yor-yor... Qoyin ena davlati yanga erur, yor-yor, Izzatiyu hurmati yanga erur, yor-yor. Qoyin ini yangasin olg’usidur, yor-yor, Oy yuzingga ko’zlarin solg’usidur, yor-yor. Ursa safoyi aning shaydo bo’lur, yor-yor G’oyati yo’q mehr anga paydo bo’lur, yor-yor. Bir-biriga mehribon bo’lg’usidir, yor-yor, Bir-biri mehri bilan to’lg’usidur, yor-yor. Yanga muningdek zarif bo’lmas emish, yor-yor, Xulqiyu husni latif bo’lmas emish, yor-yor. Qayni ini yanganing qadrini bil, yor-yor, Bilib aning qadrini shukrini qil, yor-yor. Nuqtasiga bu so’zning yetmak kerak, yor-yor, Izzatini yaxshiroq etmak kerak, yor-yor. Sabr etsa kishi, murodig’a yetgusidir... Sabr etsa kishi, murodig’a yetgusidir, O’zini sabur ahlidin etgusidur. Sabr etmakidin anga yetib xurramliq, G’am xayli aning xotiridin ketgusidur. Sabzai xattin ko’rub, dermenki, bersam jon anga... Sabzai xattin ko’rub, dermenki, bersam jon anga, Kim xatidur Xizru manzil chashmai hayvon anga. Ko’rmadim bir zarrai mehr ul quyoshdin, ey rafiq, Munchakim ko’nglum falakdek bo’ldi sargardon anga. Vasli ko’nglumning nasibi bo’lmog’idin angladim, Kim nasib o’lmish azaldin mehnati hijron anga. Chun ko’nguldin chiqsa hijron kechasi ohim o’ti, G’unchadek o’tluq ko’nguldur otashin paykon anga. Ey Ubaydiy, holatingni yig’labon yor ollida, Oshkor etmak na hojat, chun emas pinhon anga. Sarv qadlar sarvari gulchehradur, yor-yor... Sarv qadlar sarvari gulchehradur, yor-yor, Dilrabolar dilbari gulchehradur, yor-yor. Gulchehralar birla bog’ gulshan erur, yor-yor Gulshan aro siz mudom gulxan erur, yor-yor. Gulchehralar isidin to’ldi jahon, yor-yor, Boshdin oyoq muattar bo’ldi jahon, yor-yor. Gulchehralar qomati to’bi erur, yor-yor, Jannat aro to’bining xo’bi erur, yor-yor. Sarvi sahiydek bo’yi nozik emish, yor-yor, Bo’yi kabi ham xo’yi nozik emish, yor-yor. Mehrki guldin ayon bo’lg’usidur, yor-yor, Bulbulu gul mehribon bo’lg’usidur, yor-yor. Bir-birining qadrini bilsa kerak, yor-yor, Aylagusi shukrini qilsa kerak, yor-yor. Sarviki yuzi gulu qaddi ra’nodur... Sarviki yuzi gulu qaddi ra’nodur, Jon moyil o’lub, anga ko’ngul shaydodur, Ey kimki tilasang xo’bluq asbobini, Ul ruhi mujassamda bori paydodur. Sayr etarda guluzorim bog’ini... Sayr etarda guluzorim bog’ini, Bog’lamas gulgun qaboyi bog’ini. Buzdilar barcha ulusni bog’ilar, Tangri yo’q etkay, ilohi, bog’ini. Seningdek bu jahonda g’amguzorim yo’qtur... Seningdek bu jahonda g’amguzorim yo’qtur, Ko’rmay seni bir yerda qarorim yo’qtur, Ey yor, demaki o’zga yoring bor emish, Yorim sen erursen, o’zga yorim yo’qtur. Sham’ erur parvonaning holig’a giryon har kecha... Sham’ erur parvonaning holig’a giryon har kecha. Yig’laram oni ko’rub men ham farovon har kecha. Ahdu paymonni tanimas tongg’a budur turfakim, Jonu ko’nglum birla aylar ahdu paymon har kecha. Ko’rgali husn avji uzra mohi tobonim aning, Uyalib yuz yoshurur xurshedi tobon har kecha. Anbar afshon zulfining savdosidin Majnun bo’lub, So’zni o’z-o’zumga ayturmen parishon har kecha. Tortamen ummed ila har kun firoqi dardini, Vaslidin qilg’aymu deb dardimg’a darmon har kecha. Aylaram bir gul g’amidin notavon bulbul kabi, Tinmayin har lahza tong otquncha afg’on har kecha. Holima rahm aylamay ko’nglim qushin parvonadek, Ey Ubaydiy, o’rtar ul sham’i shabiston har kecha. Sharh aylama dardsizga rohat qadrin... Sharh aylama dardsizga rohat qadrin, Mehnat ko’rgan bilur farog’at qadrin. Chekmay alamu og’rimayin bilmas emish, Umrinda kishi rohatu sihhat qadrin. So’g’d ichinda o’lturubdur yobular... So’g’d ichinda o’lturubdur yobular, Yobularning mingan oti yobular, Yobularning ilgidin el tinmadi, YO bular tursun bu yerda, yo bular. Ul pari majnun ko’ngul jononidur... Ul pari majnun ko’ngul jononidur, Ko’ngul o’zidur aning, jon onidur. Manga muncha lutfu qahring yor egach, Jonima javr etmaking, jono, nedure Umrlar aylab salomat so’zlarin o’zdin yiroq... Umrlar aylab salomat so’zlarin o’zdin yiroq, Bo’lmadim hargiz salomat ahlidek so’zdin yiroq. Shomdek zulfungni olg’il subh da yuzdin, dedim, Dedikim: bo’lg’on emastur kecha kunduzdin yiroq. Ko’zni, bilmon, nega yumdum vasl ayyomidakim, Ko’z yumub ochquncha bo’ldum ul qaro ko’zdin yiroq. Qo’ymadi bir dam vafosiz charx, qilmay oqibat, Zarra yanglig’, vah, o’shal xurshiddek yuzdin yiroq. Ko’zlari sayyorasidin boshqa hech ko’rmay yuzi, Ey Ubaydiy, ko’rsa bo’lmas oyni yulduzdin yiroq. Yor istamakim, olam aro yor topilmas... Yor istamakim, olam aro yor topilmas, Topilsa dag’i mushfiqu g’amxor topilmas. Axtarsang agar bir yaratib ikki jahonni, Mendek senga bir zoru giriftor topilmas. Hushyor netarsen tilabon, ey ko’zi usruk, Mastona ko’zung davrida hushyor topilmas. Ko’p yor agarchi topilur senga valekin, Jon berguchi men kabi vafodor topilmas. Diydor g’animat turur, ey telba Ubaydiy, Diydoridin ayrilmaki, diydor topilmas. Yorama ul oy marham yoqmadi... Yorama ul oy marham yoqmadi, Ohkim, anga ne o’tlar yoqmadi. O’zgalarga yoqti ul tavri aning, Kim aning ul tavri manga yoqmadi. Yorin kishi, ey yor, sog’inmasmu bo’lur... Yorin kishi, ey yor, sog’inmasmu bo’lur, Mahjurini dildor sog’inmasmu bo’lur. Ko’zu qoshidin musofir o’lg’on yorin, Ey sho’xi sitamgar sog’inmasmu bo’lur? — Source: https://wikisource.org (works of Ubaydullaxon). Downloaded from uzbekai.com.