Bir lahza ko’nglum o’lmadi beg’am zamonadin... Ubaydullaxon Bir lahza ko’nglum o’lmadi beg’am zamonadin, To’ydi zamona mendinu men ham zamonadin. Yetmay ko’ngulga shodlig’, ey hamdamim,yetar, Yuz ming g’amu alam anga hardam zamonadin. Jam’iyatiki bor edi ko’ngul diyorida, Ul dog’i bo’ldi bir yo’li darham zamonadin. Ko’nglum guli bu gulshan aro so’lg’ali dame, Umrim niholi bo’lmadi xurram zamonadin. Marham jarohatingg’a, Ubaydiy, tilarni qo’y, Yetmas jarohat ahlig’a marham zamonadin. — Source: https://wikisource.org/wiki/Bir_lahza_ko%E2%80%99nglum_o%E2%80%99lmadi_beg%E2%80%99am_zamonadin.... Downloaded from uzbekai.com.