Jon fido qilmay sanga naylayki, jonimsen mening... Ubaydullaxon Jon fido qilmay sanga naylayki, jonimsen mening, Jon bila ko’nglumdin ortuq dilsitonimsen mening. Xoh qil mehru vafo, xohi jafou javr ham, Mehr yo’q mahvashlar ichra mehribonimsen mening. Ey hayotim senga, jismim evida jon naqdini — Sarf qilsam, ayb emaski, mehmonimsen mening. Hamdamimdur fig’on aylarda, ey jon bulbuli, Nola aylab, oh urarda hamzabonimsen mening. Jonfizo la’linnga jon bersam Ubaydiydek hanuz Yovar etmas xo’yi bebok, badgumonimsen mening. — Source: https://wikisource.org/wiki/Jon_fido_qilmay_sanga_naylayki%2C_jonimsen_mening.... Downloaded from uzbekai.com.