Ko’rar ko’zimsan, ey jonu jahonim... Ubaydullaxon Ko’rar ko’zimsan, ey jonu jahonim, Sevar yorim, azizim, mehribonim. Tarahhum qilki, bo’ldi xoki rohing, Tani farsuda, jismi notavonim. Ko’ngul uyin buzar seli sirishkom, Ham o’tluq nolayu ohu fig’onim. Sening ishqingda Majnun qissasidek, El ichra topti shuhrat dostonim. Ubaydiyg’a topilmas olam ichra, Seningdek mushfiq, ey oromi jonim. — Source: https://wikisource.org/wiki/Ko%E2%80%99rar_ko%E2%80%99zimsan%2C_ey_jonu_jahonim.... Downloaded from uzbekai.com.