Oshiq ermastur kishi devona bo’lmasa... Ubaydullaxon Oshiq ermastur kishi devona bo’lmasa, G’am dashti ichra sokini vayrona bo’lmasa. Ne oshiq o’lg’ay ul kishikim jonu ko’nglini, O’z dilbarig’a sarf etib, afsona bo’lmasa. Kelmas o’ziga oshiqi madhush soqiyo, Ohu fig’onu na’rai mastona bo’lmasa. Bo’ston aro ochilmag’usi g’unchadin ko’ngul, Gul mavsumida bodayu paymona bo’lmasa. G’am kulbasida naylag’ay erding, Ubaydiy, Soqiyu jomu mutribu paymona bo’lmasa. — Source: https://wikisource.org/wiki/Oshiq_ermastur_kishi_devona_bo%E2%80%99lmasa.... Downloaded from uzbekai.com.