Qoyin ena davlati yanga erur, yor-yor... Ubaydullaxon Qoyin ena davlati yanga erur, yor-yor, Izzatiyu hurmati yanga erur, yor-yor. Qoyin ini yangasin olg’usidur, yor-yor, Oy yuzingga ko’zlarin solg’usidur, yor-yor. Ursa safoyi aning shaydo bo’lur, yor-yor G’oyati yo’q mehr anga paydo bo’lur, yor-yor. Bir-biriga mehribon bo’lg’usidir, yor-yor, Bir-biri mehri bilan to’lg’usidur, yor-yor. Yanga muningdek zarif bo’lmas emish, yor-yor, Xulqiyu husni latif bo’lmas emish, yor-yor. Qayni ini yanganing qadrini bil, yor-yor, Bilib aning qadrini shukrini qil, yor-yor. Nuqtasiga bu so’zning yetmak kerak, yor-yor, Izzatini yaxshiroq etmak kerak, yor-yor. — Source: https://wikisource.org/wiki/Qoyin_ena_davlati_yanga_erur%2C_yor-yor.... Downloaded from uzbekai.com.