Sabzai xattin ko’rub, dermenki, bersam jon anga... Ubaydullaxon Sabzai xattin ko’rub, dermenki, bersam jon anga, Kim xatidur Xizru manzil chashmai hayvon anga. Ko’rmadim bir zarrai mehr ul quyoshdin, ey rafiq, Munchakim ko’nglum falakdek bo’ldi sargardon anga. Vasli ko’nglumning nasibi bo’lmog’idin angladim, Kim nasib o’lmish azaldin mehnati hijron anga. Chun ko’nguldin chiqsa hijron kechasi ohim o’ti, G’unchadek o’tluq ko’nguldur otashin paykon anga. Ey Ubaydiy, holatingni yig’labon yor ollida, Oshkor etmak na hojat, chun emas pinhon anga. — Source: https://wikisource.org/wiki/Sabzai_xattin_ko%E2%80%99rub%2C_dermenki%2C_bersam_jon_anga.... Downloaded from uzbekai.com.