Sarv qadlar sarvari gulchehradur, yor-yor... Ubaydullaxon Sarv qadlar sarvari gulchehradur, yor-yor, Dilrabolar dilbari gulchehradur, yor-yor. Gulchehralar birla bog’ gulshan erur, yor-yor Gulshan aro siz mudom gulxan erur, yor-yor. Gulchehralar isidin to’ldi jahon, yor-yor, Boshdin oyoq muattar bo’ldi jahon, yor-yor. Gulchehralar qomati to’bi erur, yor-yor, Jannat aro to’bining xo’bi erur, yor-yor. Sarvi sahiydek bo’yi nozik emish, yor-yor, Bo’yi kabi ham xo’yi nozik emish, yor-yor. Mehrki guldin ayon bo’lg’usidur, yor-yor, Bulbulu gul mehribon bo’lg’usidur, yor-yor. Bir-birining qadrini bilsa kerak, yor-yor, Aylagusi shukrini qilsa kerak, yor-yor. — Source: https://wikisource.org/wiki/Sarv_qadlar_sarvari_gulchehradur%2C_yor-yor.... Downloaded from uzbekai.com.