Yor istamakim, olam aro yor topilmas... Ubaydullaxon Yor istamakim, olam aro yor topilmas, Topilsa dag’i mushfiqu g’amxor topilmas. Axtarsang agar bir yaratib ikki jahonni, Mendek senga bir zoru giriftor topilmas. Hushyor netarsen tilabon, ey ko’zi usruk, Mastona ko’zung davrida hushyor topilmas. Ko’p yor agarchi topilur senga valekin, Jon berguchi men kabi vafodor topilmas. Diydor g’animat turur, ey telba Ubaydiy, Diydoridin ayrilmaki, diydor topilmas. — Source: https://wikisource.org/wiki/Yor_istamakim%2C_olam_aro_yor_topilmas.... Downloaded from uzbekai.com.